Hududiy boshqarmalar

“Navoiy” hududiy boshqarmasi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining 2021-yil 21-maydagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining Hududiy boshqarmalarni tashkil etish va Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1-sonli bo‘yrug‘iga asosan “Navoiy” hududiy boshqarmasi tashkil etilgan.

«Navoiy» hududiy boshqarmasidagi Ijtimoiy ob’yektlar xizmati bo‘limi quyida keltirilgan ijtimoiy ob’yektlar bilan birgalikda chambarchas ishlab kelmoqda. Qolaversa, Tibbiy-sanitariya bo‘limi, “Metallurg” sog‘lomlashtirish sanatoriy-profilaktoriysi, “NKMK” sanatoriysi, Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi, yotoqxonalar, mehmonxonalar, “Bolajon” bolalar sog‘lomlashtirish oromg‘ohi, “Farhod” madaniyat saroyi, “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport kompleksi, issiqxonalar, “To‘dako‘l” dam olish bazasi, Nazorat o‘lchov asboblari, avtomatika va aloqa uchastkasi, Navoiy maydoni garaji mavjud. “Do‘stlik” agrofirmasiga Termez tumanidagi parrandachilik fermasi, Taxiataj tumanidagi parrandachilik fermasi, Qo‘shrabot tumanidagi yirik shoxlik mollar fermasi, Qo‘shrabot tumanidagi o‘simchilik sexi, Tomdi tumanidagi mayda shoxli mollar fermasi shu bilan birgalikda, «Navoiy» ovqatlanish kombinati va Bosmaxonasi tarkibiga kirgan.

Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi (IOB) tarkibi qo‘yidagilarni tashkil qiladi: 12 ta yotoqxona, “So‘g‘diyona” o‘yingohi, “Delfin” suzish havzasi, “Sport saroyi”, “Farhod” madaniyat saroyi, “Farhod” madaniyat saroyi raqs maktabi, “Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasi, Bolalar ijodiyot markazi, 1-sonli Avtokorxona, Ko‘kalamzorlashtirish sexi, Issiqxona, Qurulish ta’mirlash uchastkasi, Shahar tashqarisidagi mehmonxona, Shahardagi mehmonxona, Toshkent shahridagi NKMKga qarashli mehmonxona, “To‘dako‘l” dam olish maskani, “Bolajon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi.

Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasiga qarashli 12 ta yotoqxonada 3250 ta  joy o‘rni mavjud bo‘lib, NKMK ishchi-xodimlari va oila a’zolari, qulay shart-sharoitda yashashi uchun 155 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi. Yotoqxonalar atrofi ko‘kalamzorlashtiriladi. Atrof-muhit chiqindilardan tozalanadi. Farroshlar umumiy foydalanish joylaridan oshxona, yuvinish xonasi, kir yuvish xonasi, yo‘laklar bo‘limlarni tozaligini ta’minlaydilar. Yotoqxona shvetsarlari yashovchilarni havsizligini, tinchligini ta’minlash uchun navbatchilik asosida ish olib boradilar. Yotoqxonalarning texnik holatiga javobgar issiq va sovuq suv, elektr energiya, issiqlik tizimi, tabiiy gaz doimiy ravishda ta’minlab beradi, favqulodda holatlarni bartaraf etadi.

“So‘g‘diyona” o‘yingohidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida futbol va milliy kurash sport turlari mavjud. Xuddi shunday sog‘lomlashtirish guruhlarida atletik gimnastika, pauerlifting, og‘ir atletika, shaxmat, mini futbol sport turlari mavjud.

“Sport saroyi”da qilichbozlik, badiiy gimnastika, boks, yunon-rum kurashi, voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi turlarida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

“Delfin” suzish havzasida Bolalar va o‘smirlar sport maktabining suzish, sinxron suzish sport turlari sirlarini o‘rganayotgan yoshlar mashg‘ulotlarga qatnaydi. Sog‘lomlashtirish guruhlari hamda “Oltin suv” suzish markazidan tashkil topgan bo‘limlarida 54 nafar ishchi-xodimlarimiz bino atrofini ko‘kalamzorlashtirishda, atrof-muhitni chiqindilardan tozalashda, bino ichkarisidagi barcha xizmat xonalarini, sport arenasini tozaligini ta’minlashda ishtirok etadi. Sport majmuamalariga tashrif buyuruvchi NKMK ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolari sog‘ligini tiklash uchun, toza va ozoda joylarda to‘garaklar faoliyat olib borishi uchun  sharoit yaratadi.

“Farhod” madaniyat saroyi, “Farhod” madaniyat saroyi raqs maktabi, “Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasi, Bolalar ijodiyot uyi bo‘linmalarida 59 nafar ishchi-xodim ish faoliyatini olib boradi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda, bayram tadbirlarini tashkil qilishda, muzey faoliyatini olib borishda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni to‘garaklarga jalb qilishda, atrof-muhit va bino tozaligini ta’minlashda o‘z mehnatlari bilan hissa qo‘shadilar. Farzandlarimiz kelajakda o‘z o‘rnini topishida, kasb tanlashida “Farhod” madaniyat saroyida joylashgan kutubxonamiz katta hissa  qo‘shmoqda.

1-sonli avtokorxonada ish olib borayotgan 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlarimiz  o‘zlariga biriktirilgan avtotrasportlarida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi”ga qarashli barcha ob’yektlarga xizmat ko‘rsatadi.  Yoz mavsumida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolajonlarning oromgohlarga talofatsiz yetib borishlarini hamda oziq-ovqat mahsulotlarini 1-sonli avtokorxona haydovchilari  transportlari  bilan o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi. “Metallurg” profilaktoriyasida ish olib borayotgan ishchi-xodimlarni va dam olayotgan ishchi-xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelib ketishini ta’minlaydi, dam oluvchi ishchi-xodimlarning mazmunli dam olishlari uchun profilaktoriy oshxonasiga oziq-ovqat yetkazib beriladi.

Ko‘kalamzorlashtirish sexi, Issiqxona bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar IOB ob’yektlari, NKMKga qarashli barcha korxonalarning hududlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida gul ko‘chatlari va daraxtlarni parvarish qilib yetishtirib beradi. Yil davomida ko‘kalamzorlashtirish ishlari  olib boriladi.

Issiqxonada ishchi-xodimlari barcha sog‘lomlashtirish oromgohlariga meva va sabzavotlar, ko‘katlar yetishtirishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Qurilishta’mirlash uchastkasida 90 nafardan ortiq ishchi-xodim ish olib boradi. Barcha ishchilar IOBga qarashli ob’yektlarning joriy ta’mirlash ishlarini  (tom qismini, fasad, muhandislik tarmoqlarini) umumiy tarzda olib boradilar.

“Shahar tashqarisidagi mehmonxona”, NKMK qarashli mehmonxona, ya’ni, “Shahardagi mehmonxona”, Toshkent shahridagi NKMKga qarashli mexmonxonalarda 76 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib boradi. Ularning asosiy vazifasi mehmonxonalar atrofini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish binolarda mehmonlar uchun toza muhit yaratish. Mehmonlarning yaxshi dam olishlari uchun barcha xizmat ko‘rsatish standartlariga  mos kelgan xolda hizmat ko‘rsatadi.

“To‘dako‘l” dam olish maskani ishchi-xodimlarining asosiy vazifasi dam olish maskani atroflarini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozaligini ta’minlash hamda xonalarda dam oluvchilar uchun sog‘lom muhitni yaratishdan iborat.

“Bolajon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 16 nafar ishchi-xodim xizmat olib boradi. Mavsum 560 nafar bolalarning sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan. Ishchi-xodimlarning asosiy vazifasi BSO atroflarini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozaligini ta’minlash hamda xonalarda bolalarning dam olishlari uchun sog‘lom muhitni yaratishdan iborat. Xuddi shunday Ovqatlanish kombinati tomonidan to‘liq oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

Tibbiy-sanitariya bo‘limi va uning tarkibiga kirgan “NKMK” sanatoriysi va “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriylari mavjud.

Tibbiy-sanitariya bo‘limida 500 nafardan ortiq shifokor va 1,5 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari ulkan korxona ishchi-xizmatchilari hamda ularning oila a’zolariga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jamoa aholining kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolash ishlari samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratayotgani bois, kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar ko‘rsatkichlari qisqarib bormoqda.

Hozirda bo‘lim tarkibida sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, markaziy qabul bo‘limi, ayollar maslahatxonasi, stomatologiya poliklinikasi, bolalar poliklinikasi, kattalar poliklinikasi, tez tibbiy yordam bo‘limi, patalogik anatomiya bo‘limi, funksional tashxislash bo‘limi, klinik tashxislash laboratoriyasi, maxsus davolash bo‘limi, qon quyish bo‘limi, oftalmologiya bo‘limi, ko‘p tarmoqli jarrohlik bo‘limi, terapiya bo‘limi, nevrologiya, pediatriya, rentgen, otorinolaringologiya, akusherlik-ginekologiya, yuqumli kasalliklar, anestiziya-reanimatsiya, markaziy sterilizatsiya, tez-tibbiy yordam bo‘limlari faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda davolash-diagnostika endoskopik tokchalar, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatlari, ahvoli og‘ir bemorlarning hayotiy funksiyalarini nazorat qilish monitorlari, jigar to‘qimalarining qalinligini aniqlash uchun ultratovushli diagnostika apparati (fibroskan), elektrokardiograflar kabi 251 ta zamonaviy asbob-uskunalar olib kelindi.

Bo‘lim bazasida respublikamiz, Rossiya, Polsha, Koreya, Fransiya va boshqa xorijiy davlatlarning yetakchi klinikalari mutaxassislarini jalb qilgan holda mahorat darslari tashkil etilmoqda.

“NKMK” sanatoriysi Zomin tumanining eng so‘lim go‘shalaridan birida, Turkiston tog‘ tizmasining Shimoliy yon bag‘irlarida, dengiz sathidan 1960 metr balandlikda, qo‘riqxona hududida joylashgan tog‘-iqlim kurortidir.

Dam olish maskani 8 gektar maydonni qamrab olgan. Sanatoriy hududi ko‘kalamlashtirilgan va 5000 dan ortiq ekzotik daraxt va gullar bilan boyitilgan.

Sanatoriy bir vaqtning o‘zida 150 dam oluvchilarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Majmuada asosiy turar-joy binosi, davolash binosi, tanho kottejlar, mashinalar to‘xtash joyi, Amfiteatr, sport-sog‘lomlashtirish maydonchasi, bolalar maydonchasi, suhbat qurish ayvonlari  joylashgan.

“NKMK” sanatoriysi maskanida 120 nafar ishchi-xodim  xizmat ko‘rsatib kelmoqda, ularning asosiy vazifasi dam olish maskani atroflarini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozaligini ta’minlash hamda xonalarda dam oluvchilar uchun sog‘lom muhitni yaratishdan iborat.

“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi – bu “NKMK” mehnat jamoasini reabilitatsiya qilish, sanatoriyda davolash uchun mo‘ljallangan sanatoriy turidagi davolash profilaktika muassasasi hisoblanadi.

Sanatoriy-profilaktoriyasi muassasining asosiy vazifalari NKMK mehnat jamoasi a’zolarining sog‘ligini yaxshilash, ishchilarning mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasalliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzi kshnikmalarini rivojlantirish, kasalliklarni kamaytirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdir.

Metallurg” sanatoriyprofilaktoriyasi Karmana tumanidagi “Talqoq” mahallasida joylashgan. 1972-yilda foydalanishga topshirilgan va o‘z faoliyatini boshlagan. “Metallurg” sihatgohi 200 o‘ringa moslashgan, har bir davolash kursi 14 kundan iborat bo‘lib, yil davomida 23 marta qabul amalga oshiriladi. 4600 nafardan ortiq dam oluvchilar sog‘lomlashtiriladi.

Yotoqxona binosi, davolash binosi va basseynga iliq o‘tish yo‘llari bilan bog‘langan. Yotoqxonadan uzoq bo‘lmagan joyda ovqatlanish binosi mavjud. Dam olish xonalari bir va ikki kishilik bo‘lib,  xonalarda maroqli dam olish va sog‘ligini yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Dam oluvchilarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun rus va o‘zbek tillarida ko‘p janrli adabiyotlar bilan jihozlangan kutubxona, futbol, voleybol o‘ynash uchun sport maydonchasi, Navoiy viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etilgan.

Sport majmuasida 8 yo‘lakdan iborat 50 metrlik suzish havzasi, kichik hovuzli fin saunasi mavjud.

“Do‘stlik” agrofirmasi tarkibiga Termez tumanidagi parrandachilik fermasi, Taxiataj tumanidagi parrandachilik fermasi, Qo‘shrabot tumanidagi yirik shoxlik mollar fermasi, o‘simchilik sexi, Tomdi tumanidagi mayda shoxli mollar fermasi shu bilan birgalikda,  Ovqatlanish kombinati va Bosmaxona  kirgan.

Ovqatlanish kombinati Navoiy shahrida joylashgan bo‘lib, oziq-ovqat saqlash  uchun bazasi va omborxonalariga ega. Ovqatlanish kombinati 3 ta umumiy ovqatlanish korxonalardan iborat; UOK-1: “Yoshlar” oshxonasi, “Pitssa” oshxonasi, “Farhod” MSdagi, Tibbiy-sanitariyadagi  va “TRЕST PEM”dagi bufetlardan tashkil topgan.

UOK-2: “NMZ”dagi 3 ta oshxonasi, hamda “Tudakul” oshxonasidan iborat. UOK-3: “KMZ-1” KB joylashgan va ishchilarga xizmat ko‘rsatayotgan 2 ta oshxonasi, 1 ta bufeti, “Qoraqutan” konidagi oshxona va “NKMK” boshqarmasidagi  oshxonada  xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bosmaxona 35 ta ishchi-xodimdan iborat. Shu bilan birga 20 xil turdan ortiq bosmaxona mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bular: xil formatdagi blankalar, raqamlangan blankalar, qo‘llanmalar, broshyura, bukleklar, kataloglar, bloknotlar, har xil turdagi ishlab chiqarish uchun kitoblar va jurnallar, texnik-ilmiy rangli jurnallar, plakatlar, afishalar,  fahriy yorliqlar, sanatoriylar va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlar uchun yullanmalar, kalendarlar, vizitkalar, konvertlar, yorliqlar, har xil papkalar va hokazolar kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

 

“Zarafshon” hududiy boshqarmasi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining 2021-yil 21-maydagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining hududiy boshqarmani tashkil etish va Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘iga asosan “Zarafshon” hududiy boshqarmasi tashkil etildi.

“Zarafshon” hududiy boshqarmasiga qarashli ob’yektlar:

  • Ijtimoy obʼyektlar boshqarmasi;
  • Zarafshon tibbiy-sanitariya qismi;
  • Ovqatlanish kombinati;
  • “Oltin vodiy” madaniyat saroyi;
  • “Аlpomish” jismoniy tarbiya va sport klubi;
  • Transport uchastkasi;
  • “Zarafshon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi;
  • “Pahlavon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi (Toshkent viloyati);
  • Zarafshon maydoni qo‘riqlash xizmati;
  • “Аydarko‘l” sport sog‘lomlashtirish turistik bazasi;
  • “Gornyak” pansionati sport sog‘lomlashtirish majmuasi;
  • “Холодныe ключи” sport-sog‘lomlashtirish turistik bazasi;
  • Mebel ishlab chiqarish uchastkasi;
  • Kapital va joriy taʼmirlash uchastkasi;
  • “Аgama” to‘quv-trikotaj fabrikasi;
  • Аgrouchastka.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Pahlavon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi hamda Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “Sarimoy” oromgohi mavjud.

Zarafshon tibbiy-sanitariya qismi 100 km radiusda statsionar, shoshilinch va tez tibbiy yordam stansiyalarining mavjud emasligi sababli ish joyi va yashash joyidan qatʼiy nazar 100 mingdan ortiq aholiga shoshilinch va statsionar tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Zarafshon TSQ 200 o‘ringa mo‘ljallangan 5 ta statsionar bo‘lim, 8 o‘ringa mo‘ljallangan Аnesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi, 1404 qatnov quvvatiga ega 3 ta poliklinikadan hamda yordamchi bo‘linma va xizmatlardan tashkil topgan. 3-sonli tibbiy sanitariya qismi statsionarlarida yiliga o‘rtacha 12 mingdan ortiq bemorlar davolanib chiqadi.

Hozirgi kunda Zarafshon tibbiy sanitariya qismida 900 nafardan ziyod ishchi-xodim ishlab kelmoqda. Shundan 161 nafar shifokorlar, 462 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, 173 nafar kichik tibbiy xodimlar va 100 ga yaqin boshqa xodimlar bo‘lib, shifokorlarning oltmish besh foizidan ortig‘i malaka toifasiga ega.

Oxirgi 4 yil ichida tibbiyot sohasining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun 2 nafar tibbiyot xodimi “Sog‘liqni saqlash aʼlochisi”, 7 nafar xodim “NKMK faxriysi”, 12 nafar xodim “3-darajali Konchilik shuhrati” nishonlari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari 4 nafar xodim Sog‘liqni saqlash vazirligining, 22 nafar xodim Navoiy kon-metallurgiya kombinatining, 80 nafar xodim Markaziy kon boshqarmasining, 32 nafar xodim Shahar hokimiyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

So‘nggi 3 yil davomida tibbiyot xodimlarning oylik maoshlari 120 foizga oshirildi, shtat birliklari 28 taga ko‘paytirildi. Zarafshon tibbiy sanitariya qismi sanitar epidemiologik stansiyasining tarkibiga kiruvchi bakteriologik va sanitariya-gigiyena laboratoriyasi binolarida, dezinfeksion bo‘lim binosida hamda markaziy sterilizatsiya bo‘limlarida kapital qurilish ishlari olib borilib, zamonaviy tibbiy jihozlar (asbob-uskunalar) o‘rnatilishiga tayyorlanib foydalanishga topshirildi.

So‘nggi 3-4 yil ichida Zarafshon TSQga 200 dan ortiq tibbiy asbob-uskunalar olindi. Jumladan zamonaviy EKG apparatlari va tashqi nafas olish funksiyalarini aniqlovchi apparatura, sunʼiy nafas berish uskunalari, raqamli flyuorografiya va raqamli rentgen apparatlari, mammograf apparati olib kelindi. Shuningdek, 2020 yilda “Yangi statsionar” korpusining 1-qavatida taʼmirlash ishlari bajarilib, u yerga rentgen bo‘limi ko‘chirildi, yangi zamonaviy uskunalar, jumladan, multispiral kompyuter tomografi (MSKT), Mobil rentgen apparati, Raqamli rentgen apparatlari o‘rnatilib ishga tushirildi. NKMK ishchilari orasida buyrak patologiyasini oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, mavjud bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish, gemodializ amaliyotiga muhtoj bemorlarning turmush sifatini oshirish maqsadida 3 dona gemodializ apparatining olinganligi katta yutuq bo‘lib, ular yordamida bo‘limning o‘zida bemorlarga yordam berish imkoniyati tug‘ildi.

Zarafshon tibbiy-sanitariya qismi sanitariya epidemiologiya stansiyasida o‘tgan 4 yil davomida taʼmirlash va moddiy texnika bazani yangilash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. 3-sonli TSQ Sanitariya epidemiologiya stansiyasi tasarrufidagi barcha binolarning tom va fasad qismlari to‘liq taʼmirlandi.

Laboratoriya majmuasining 1 va 2-qavatlaridagi barcha xonalari, dezinfeksiya bo‘limi xonalari va dezinfeksiya kamerasi xonalari to‘liq taʼmirlandi. Laboratoriya majmuasi binosidagi isitish va yoritish tizimi, issiq va sovuq suv quvurlari yangilandi, yangi javonlar, stol va stullar bilan jihozlandi. Moddiy texnik bazasini yangilash maqsadida termostat, quritish javoni, tarozi, elektroplita, mikroskop, suv hammomi, shovqin va tebranishni o‘lchash asbobi, ko‘chma suyuqlik o‘lchash asbobi, suyuqlikni fotometrik o‘lchash asbobi, changni aniqlash asbobi, АPV havo o‘lchash asbobi, spektrometr, KFK apparati, vaksina saqlash uchun muzlatgich, vaksina tashish uchun termosumka, dezinfeksiya kamerasi, COVID-19 infeksiyasini aniqlash asbob-uskunalar to‘plami, dezinfeksiya vositalarini purkash uskunalari, 3 dona kompyuter jamlanmasi, split sistemalar olindi.

O‘tgan 2020-yilda laboratoriya majmuasi tarkibida virusologiya laboratoriyasi tashkil etilib, xonalari talabga muvofiq taʼmirlanib, kerakli asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlandi.

“Аlpomish” jismoniy tarbiya va sport klubiga qarashli yopiq suzish havzasi, “Sharq” sport majmuasi, “Аngar” sport majmuasi, “Shar” sport majmuasi, “Аlpomish” sport majmuasi va yelkanli sport klubi, 2 ta zamonaviy sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni, Zarafshon sanoat hududi “Ko‘l” dam olish maskanida joylashgan katta tennis maydoni hamda futbol maydonlari mavjud.

Ushbu majmualarida sportning 17 ta turi: futbol, mini futbol, basketbol, voleybol, erkin kurash, sambo, dzyudo, og‘ir atletika, boks, ayrobika, pauerlifting, suzish, yelkanli sport turlari, shaxmat, shashka, taekvando, karate sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan. Hozirgi kunda ushbu sport to‘garaklarida 2215 dan ortiq fuqaro va bolalar sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqdalar.

“Oltin vodiy” madaniyat saroyi tasarrufida kutubxona mavjud bo‘lib, kutubxonaning umumiy kitob fondi 36 573 nusxaga yaqin turli yo‘nalishdagi kitoblardan iborat. Ulardan 4073 dona bolalar adabiyoti, 4760 dona texnik adabiyotlar, badiiy kitoblar 22240 dona hamda umumiy adabiyotlar 5500 dona. Kitoblar o‘zbek va rus tillarida. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyevning asarlari, Vatanimizning boy madaniy merosini o‘rganishga qaratilgan asarlar, O‘zbekiston tarixiy shaharlarining yorqin illyustratsiyalari yozilgan albomlar, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixiga oid kitoblar to‘plangan.

Kutubxona barcha zaruriy jihozlar hamda kompyuter texnikalari va skanerlar bilan jihozlangan. Kutubxona NKMK yagona portaliga ulangan bo‘lib, uning yordamida kitobxonlar elektron kutubxonaga oid qiziqarli adabiyotlarni topishlari mumkin. Bugungi kunga kelib kitoblarning 16 295 nusxasi skaner qilinib, NKMK elektron kutubxonasining umumiy veb-saytiga kiritilgan.

“Zarafshon” hududiy boshqarmasi tasarrufida 11 ta yotoqxona mavjud mavjud bo‘lib, shundan 4 ta o‘rin-joy tipidagi hamda 5 ta oilaviy va o‘rin-joy tipidagi, 2 ta esa faqat oilaviy yotoqxonalarni tashkil etadi. Bugungi kunda o‘rin-joy tipidagi yotoqxonalarda 693 ta xona mavjud bo‘lib, 1669 fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari oilaviy tipdagi yotoqxonalarda 621 ta xona mavjud bo‘lib, 2311 fuqaro oila aʼzolari bilan istiqomat qilib kelmoqda.

Zarafshon ovqatlanish kombinati “Muruntau” koni “Bessopan” hududida joylashgan bo‘lib, oziq-ovqat saqlash uchun omborxonaga ega. Ishchilarga Zarafshon ovqatlanish kombinatining 12 ta oshxonasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Zarafshon ovqatlanish kombinati xodimlarining asosiy ish faoliyati “Muruntau” koni “Bessopan” hududida hamda Zarafshon shahrida joylashgan oshxonalarda ishlab kelayotgan ishchi-xodimlarga xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Bolalar oromgohlari. “NKMK jamg‘armasi” DM Zarafshon hududiy boshqarmasi tasarrufida “Zarafshon” va “Pahlavon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat ko‘rsatadi.

“Аgama” toʼqimachilik-trikotaj fabrikasi. Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 1990-yil 12-apreldagi 145/7-sonli qarori asosida “Аgama” to‘qimachilik-trikotaj fabrikasi sifatida tashkil etilgan.

Dastlab, 1990-yilda “Аgama” to‘qimachilik-trikotaj fabrikasini tashkil etishdan asosiy maqsad Zarafshon shahri hududidagi ayollarni ish bilan taʼminlash bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik kombinat ishchi-xodimlar uchun korjomalarga bo‘lgan talabning oshishi natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 1997-yil 25-martdagi 100-sonli buyrug‘iga asosan “Аgama” to‘qimachilik-trikotaj fabrikasi shoʼba korxonasi 1997-yil 1-apreldan boshlab “Аgama” davlat trikotaj korxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga asosan “Аgama” to‘qimachilik-trikotaj fabrikasi deb nomlandi.

“Аgama” to‘qimachilik-trikotaj fabrikasida 300 dan ortiq zamonaviy, barcha talablarga javob bera oladigan modellar yaratildi, mahsulot turlari yanada ko‘paytirildi. Hozirda ishchi-xodimlar tomonidan NKMK va boshqa korxonalar uchun yangi turdagi maxsus kiyimlar va trikotaj mahsulotlari yaratish eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Bugungi kunda fabrikada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 300 nafardan ortiq yuqori malakali ishchi-xodimlarning 250 nafarini ayollar va 50 nafardan ortig‘ini esa erkaklar tashkil etadi. Ishlab chiqarish tsexlari binolarida ishchi-xizmatchilarga mehnatni tashkil etishga oid mavjud meʼyoriy hujjatlar talablari asosida zamonaviy, barcha sanitariya-gigiyena talablariga javob bera oladigan ovqatlanish, yuvinish va kiyinish xonalari tashkil etilgan.

Bugungi kunda fabrikada tog‘-kon sanoati xodimlari uchun mo‘ljallangan 100 ga yaqin yangi turdagi maxsus kiyimbosh modellari ishlab chiqarilmoqda.

Kelgusida ham mazkur ko‘p yillik tajribaga asoslangan, o‘zining ishlab chiqarish anʼanalariga ega bo‘lgan “Аgama” to‘qimachilik-trikotaj fabrikasi konchilarning mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan yangi, zamonaviy, sifatli va qulay, shuningdek mamlakatimiz, qolaversa jahon standartlari talablariga ham to‘la-to‘kis javob bera oladigan kiyim-kechaklarni ishlab-chiqarishni o‘zlarining pirovard maqsadlari sifatida belgilab olishgan.

 

“Uchquduq” hududiy boshqarmasi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining 2021-yil 21-maydagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining Hududiy boshqarmalarni tashkil etish va Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘iga asosan “Uchquduq” hududiy boshqarmasi tashkil etilgan.

“Uchquduq” hududiy boshqarmasi quyidagi tuzilmalardan iborat:

  • Ijtimoy ob’yektlar uchastkasi;
  • 2-sonli Tibbiy-sanitariya qismi;
  • “Shimol” ovqatlanish kombinati;
  • “Uchquduq” madaniyat saroyi;
  • “Konchi” Sanatoriy-profilaktoriyasi;
  • “Lochin” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi;
  • Transport uchastkasi;
  • “Uchquduq” maydoni qo‘riqlash xizmati

Ushbu ob’yektlar Uchquduq tuman hududida joylashgan bo‘lib, nafaqat korxona ishchilari uchun faoliyat yuritadi, balki tuman aholisiga ham yuqori sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Sarmish” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi yoz mavsumida bolajonlarimizni maroqli hordiq chiqarishi uchun xizmat ko‘rsatadi.

Ijtimoiy ob’yektlar uchastkasi tasarrufida hammom-kir yuvish xo‘jaligi, “Uchquduq” mehmonxonasi, 9 ta yotoqxona mavjud.

Ushbu yotoqxonalarda 400 ga yaqin erkaklar va 240 ga yaqin ishchilar  900 dan ortiq oila a’zolari bilan yashab kelmoqda. Korxonamizning ishchi-xodimlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda, bugungi kunda 9-sonli erkaklar yotoqxonasi oilaviy yotoqxonaga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha ishlar yakunlandi.

Tibbiy-sanitariya qismi ishchi-xodimlar salomatligini mustahkamlashga katta e’tibor qaratib, ularning oila-a’zolariga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘tgan bir yil davomida 1 donadan portativ UZI, kislorod kamera, koagulometr, 2 dona bioximik analizator kabi tibbiy jixozlar qabul qilindi.

“Shimol” ovqatlantirish kombinatida bugungi kunda 260 nafar ishchi-xodimlar “Shimoliy kon boshqarmasi”ga qarashli bo‘linmalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. “Shimol” OK huzurida ulgurji baza, sut zavodi, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish “Non” sexi, “Uchquduq” restorani, 1-sonli “Vosxod” oshxonasi,  2-sonli “Dovg‘istov” oshxonasi (Uchquduq shaxridan 153 km uzoqlikda joylashgan), 4-sonli “3-GMZ” oshxonasi, 6-sonli “SKICHTS” oshxonasi hamda 10-sonli “Kokpatas” oshxonalari nafaqat korxona ishchilari uchun, balki tuman aholisi uchun yuqori sifatli taomlar bilan ta’minlab kelmoqda.

“Uchquduq” madaniyat saroyi – ushbu fayzli koshonadan ko‘plab iste’dotlar yetishib chiqdi. Madaniyat saroyi shahar aholisi hamda kombinat fidoiy ishchilariga madaniyatimizning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining iqtidorlarini namoyish qilib kelmoqda. Qolaversa, tumanimiz bolajonlari san’atning vokal, milliy, estrada hamda zamonaviy raqs turlaridan, milliy cholg‘u, tikuvchilik va to‘qish, rassomchilik kabi yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ustozlardan ta’lim olib kelishmoqda. Hozirda “Yeles” xalq vokal studiyasi, “Ekspressiya” estrada raqs ansambli “Ritm” va “Bebiki” bolalar estrada raqs ansambllari har bir konsert dasturimiz bezagi bo‘lib kelmoqda. Madaniyat saroyida joylashgan kutubxonaga 1500 nafarga yaqin kitobxonlar a’zo, umumiy kitob fondi esa 62 ming 300 nusxaga yaqin turli yo‘nalishdagi kitoblardan iborat. O‘zbek va rus tillarida texnik, badiiy va bolalar adabiyotiga oid kitoblar kitob fondini boyitib turibdi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyevning asarlari, Vatanimizning boy madaniy merosini o‘rganishga qaratilgan asarlar, O‘zbekiston tarixiy shaharlarining yorqin illyustratsiyalari yozilgan albomlar, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixiga oid kitoblar to‘plangan.

“Konchi” sanatoriy-profilaktoriyasi bir mavsum davomida 90 kishini qabul qilib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan, zamonaviy tibbiy jihozlar yordamida davolanishiga mo‘ljallangan. Har bir mavsum 14 kundan iborat bo‘lib, yil davomida, ya’ni 23 mavsumda 2 070 kishi davolanib kelmoqda.

“NKMK jamg‘armasi” DM Uchquduq hududiy boshqarmasiga qarashli “Sarmish” va “Yulduz” Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 2021-yilgi yozgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini tashkil etish maqsadida bir qator amalga oshirilgan ishlar natijasida, ushbu oromgohlarda korxonamiz ishchi xodimlarining 938 bolajonlari dam olgan.

“Lochin” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi 1965-yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda sportning 13 turi bo‘yicha faoliyat yuritmoqda: basketbol, futbol, stol tennisi, suzish, dzyudo, sambo, pauerlifting, aerobika, boks, kurash, fitnes, shaxmat-shashka. 59 ta o‘quv va sog‘lomlashtirish guruhlarida 1200 nafardan ortiq kishi doimiy ravishda faol qatnashib kelmoqda. Pauerlifting, sambo va dzyudo sport turlari bo‘yicha Osiyo va O‘zbekiston chempionlari yetishib chiqqan. Ular orasida sportchi qizlarimizning 3 nafari “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori hisoblanadi.

Transport uchastkasi 28 dona turli avtotransport vositalaridan tashkil topib, ularga 45 nafar xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu transport vositalari “NKMK jamg‘armasi” DM Uchquduq hududiy boshqarmasi barcha ob’yektlar uzog‘ini yaqin qilib, ular faoliyatini uzluksiz amalga oshirishda  ko‘maklashib kelmoqda.

“Uchquduq” maydoni qo‘riqlash xizmatida 20 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Ularning zimmasiga muhim vazifa topshirilgan – ish jarayonini tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlash, boshqarma ishchilarining mehnat jarayoni tartibli bo‘lishi uchun fidokorona mehnat qilmoqdalar.

 

“Nurobod” hududiy boshqarmasi

“Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg’armasi” davlat muassasasining 2021 yil 21 maydagi “Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg’armasi” davlat muassasasining hududiy boshqarmalarini tashkil etish va Nizomini tasdiqlash to’g’risidagi  1-sonli bo’yrug’iga asosan “Nurobod” hududiy boshqarmasi tashkil etilgan.

“Nurobod” hududiy boshqarmasi tarkibiga qo’yidagi bo’linmalar kiradi:

  • Nurobod maydoni Ijtimoiy obyektlar uchastkasi (IOU).
  • 4-sonli tibbiy sanitariya qismi (4-TSQ).
  • “Nurobod”balneologik sanatoriy-prafilaktoriyasi (“Nurobod” BSP).
  • Maxsus kiyim tikish sexi (MKTS).
  • «Nurobod” ovqatlantirish kombinati. (Nurobod OK)
  • Zarmitan maydoni Ijtimoiy obyektlar uchastkasi (IOU)”
  • Nurobod” madaniyat uyi.

Ijtimoiy obyektlar uchastkasi (IOU)ning asosiy vazifalari “Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg’armasi” davlat muassasasi “Nurobod” hududiy boshqarmasiga qarashli barcha ijtimoiy obyektlar (yotoqxonalar,bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, madaniyat uylari va boshqalar) shuningdek IOU tassarufida bo’lgan xizmat uylariga xizmat ko‘rsatadi.

4-sonli tibbiy sanitariya qismi (4-TSQ)

“4-TSQ” DPMning asosiy maqsadi – biriktirilgan aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasining 29.08.96 yildagi «fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunining bajarishi, klinik va diagnostic  standartlarga amal qilgan holda  bemorlarni  davolash, zamonaviy  innovacion  davolash  va  diagnostic  metodlarni  targib  qilish  va  amalda  oshirish, biriktirilgan aholiga tibbiy kurkdan jadval  asosida utkazish, sanitar-epidemiologik osoishtaligini  ta’minlash, diagnostic va  davolashda  murrakfb  bulgan  bemorlarga  Samarqand shahridan yoki TSBdan   maslahatchi taklif qilish yoki bemorlarni  Samarqand shahriga va TSBga  junutish, behatar  onalik  va  bolalik  samarali  tizimni  yaratish, profilaktik sog’liqni saqlashni ustuvor rivojlantirish, sog’lom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, hududiy sog’liqni saqlash organlari bilan o’zaro ma’lumot va o’zaro yordamni ta’minlash, moliyaviy va iqtisodiy intizomga qat’iy rioya qilish, shifokorlar va o’rta tibbiyot xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish,   O’zbekiston Respublikasining Prezidentining, Vmning, SSVning, NKMK Jamgarmasi DMning, NKMK Jamgarmasi DM “NUROBOD” Hbning, NKMK Jamgarmasi DM TSBning  Davlat  dasturlarni, buyruqlarni va  boshqa  miyoriy  hujatlarni  bajarishini  t’aminlash, TSQ-4 jamoasida  tartib, intizom, etika, estetika va  deontologiya  principlarini  targib  etishdan  iborat.

  «Nurobod» balneologik sanatoriy-profilaktoriysi.

  «Nurobod» balneologik sanatoriy-profilaktoriysi Samarqand viloyatida, Nurobod shahri yaqinida joylashgan. «Nurobod» BSP 2016-yil 30-avgust kuni 50 ta o’ringa moslashtirilgan ish faoliyatini boshladi. Ushbu dam olish maskanining tashkil topishida JKB direktori Yorqin Ismatovich Shakarov jamoasi bilan capital qurilish bo’yicha director o’rinbosari Yakov Petrovich Kimning xissasi beqiyosdir. Hozirgi vaqtda eng dolzarb bo’lgan respirator allergozlar ko’payganligi sababli, shu jumladan konchilarni sog’ligini yanada mustahkamlash uchun Yorqin Ismatovich Shakarovning tashabbusi bilan tuzli g’or tashkil etilgan. Har yili 1150 nafar dam oluvchi o’z salomatligini tiklaydi.

Maxsus kiyimlar tikish sexi (MKTS).

 MKTsexining ning asosiy maqsadi NKMKning barcha bo‘linmalari xodimlarini maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlashdan iborat.

1994-yilda Nurobodda “AGAMA-103” kichik trikotaj korxonasi tashkil etildi. «AGAMA» QKning bir qismi. 2006 yilgacha korxona ustki trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullangan, ishchilar soni 50 kishini tashkil etgan. 2007-yilda “Agama-103” kichik korxonasi ish kiyimlarini tikish bo‘limiga aylantirildi va NKMK janubiy kon boshqarmasi tarkibiga kirdi.

Jamoada xodimlar ishlash intizomi, ichki tartib qoidalari va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qiladilar. Do’stona muhit va normal mikroiqlim yaratilgan. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish va yong’in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rioya qilinadi.

 «Nurobod» ovqatlanish kombinati

«Nurobod» ovqatlanish kombinatimiz “Nurobod” hududiy boshqarmasida o’z o’rniga ega bulgan bo’limlardan biri deb hisoblanadi. «Nurobod» ovqatlanish kombinati turli joylarda, yani «Zarmitan», «Marjonbuloq» konlarida hamda Nurobod maydonlarida joylashgan o’z oshxonalariga ega va bu oshxonalarda 200 dan ortiq ishchilar xizmat ko’rsatmoqdalar. «Nurobod» ovqatlantirish kombinatida turli kasb egalari fidokorona mehnat qilib kelmoqdalar.

Ovqatlantirish kombinati 1965- yildan boshlab ish boshlagan yani Janubiy kon boshqarmasi tashkil topganidan boshlab ish boshlagan. Usha vaqtlarda Ishchilar ta’minoti b’’limi deb nomlangan va bo’lim boshlig’i Parinov A.V. bo’lganlar. Ulardan keyin esa Ishchilar ta’minoti bo’limi boshlig’i Shaposhnikova L.A. bo’lganlar. Ovqatlantirish kombinatimiz tarkibi 58 tadan ortiq oziq-ovqat dukonlari, oshxonalari va savdo shaxobchalaridan tashkil topgan, yani JKB ning har bir bo’limida savdo shaxobchalari bo’lgan va bu savdo shaxobchalari JKBning ishchi- xodimlariga xizmat qilgan.

Hozirgi kunda «Nurobod» ovqatlantirish kombinati o’z tarkibiga 6 ta oshxona, 3 ta kafe va bufetlarni qamrab olgan va bundan tashqari «Nurobod» sanatoriyasi va 4-sonli TSK bo‘linmalarini ham oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda, qish mavsumiga oziq ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash uchun o’z bazasiga va sovutish kameralariga ega.

Sabzavot omboriga har yili qish mavsumiga 150 000kg ko’prok qishloq xo’jaligi mahsulotlari zaxira qilinadi. Bundan tashqari «Nurobod» ovqatlantirish kombinatida Ma’danli suv qadoqlash sexi mavjud bo’lib, bu sex Navoiy Kon Metallurgiya Kombinatining bulinma va tashkilotlarini turli xil hajmlarda qadoqlangan ma’danli suv bilan ta’minlab kelmoqda.

Zarmitan maydoni ijtimoiy obyektlar uchastkasi.

 Zarmitan maydoni Ijtimoiy obyektlar uchastkasi (IOU) da 90 nafardan ortiq ishchi-xodim faoliyat yuritib kelmoqda. IOU Zarkent qo’rg’onida joylashgan 21 dona ko‘p qavatli uylarga issiqlik, sovuq suv va issiq suv va elektr energiya ta’minotlarini  ko‘rsatib kelmoqda.

“Nurobod” madaniyat uyi

“Nurobod” madaniyat uyining asosiy maqsadi – milliy madaniyatimizni va xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, badiiy ijodning zamonaviy metodlarini targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik va milliy g’oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo’lgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalashdan iborat.

Zarmitan maydonida joylashgan sport-madaniyat majmuasi.

 Zarmitan maydonida joylashgan sport madaniyat majmuasida jami 3 nafar Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha instruktor metodisti faoliyat olib borishadi.

Majmuada qo’yidagi sport tugaraklari mavjud:

Kurash, stol tennisi, mini futbol, badiiy gimnastika, voleybol, shaxmat va  shashka to‘garaklari mavjud bo‘lib, ularda 220 nafardan ortiq bolalar va kattalar sport bilan muntazam shug‘uillanib kelishmoqda.

Marjonbuloq maydonida joylashgan sport majmuasi.

Marjonbuloq maydonida joylashgan sport majmuasida jami 1 nafar trener va  2 nafar jismoniy tarbiya va sport bo’yicha instruktor metodisti faoliyat olib borishadi.

Majmuada quyidagi sport tugaraklari mavjud:

Taykvando, kurash, stol tennisi, mini futbol, badiiy gimnastika,  shaxmat va  shashka to‘garaklari mavjud bo‘lib, ularda 200 nafardan ortiq bolalar va kattalar sport bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda.

“Zafarobod” hududiy boshqarmasi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining 2021-yil 21-maydagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining Hududiy boshqarmalarni tashkil etish va Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘iga asosan “Zafarobod” hududiy boshqarmasi tashkil etilgan.

“Zafarobod” hududiy boshqarmasi quyidagi tuzilmadan iborat:

  • Ijtimoy obʼyektlar uchastkasi;
  • “Zafarobod” tibbiy-sanitariya qismi;
  • “Ko‘kcha” ovqatlanish kombinati;
  • “Yoshlik” madaniyat va sport majmuasi;
  • Transport uchastkasi;
  • “Kelajak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi;
  • “Zafarobod” maydoni qo‘riqlash xizmati;

“Zafarobod” hududiy boshqarmasiga qarashli Zafarobod qo‘rg‘onida “Zafarobod” tibbiy-sanitariya qismi, yotoqxona, “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majmuasi, “Yoshlik” madaniyat uyi va “Yoshlik” madaniy sport markazi, “Ko‘kcha” ovqatlanish kombinati, yotoqxona hamda Zarafshon shahrida 10-sonli yotoqxona mavjud. Bundan tashqari Samarqand viloyati Urgut tumanida “Kelajak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi mavjud.

“Zafarobod” tibbiy-sanitariya qismi. “Zafarobod” hududiy boshqarmasiga qarashli “Zafarobod” tibbiy-sanitariya qismi Zafarobod qo‘rg‘onida joylashgan bo‘lib, sutkasiga 150 nafar fuqaroni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan poliklinika va 61 o‘rinli shifoxona mavjud. Bundan tashqari TSQda sanitariya epidemiologiya stansiyasi, ovqat tayyorlash oshxonasi, kir yuvish xonasi, tez tibbiy yordam bo‘limi, dorixona hamda emlash tibbiy punktlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shifoxona quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan: jarrohlik, ichki kasalliklar, pediatriya, yuqumli kasalliklar, ginekologiya, tug‘ruqxona. Poliklinikada EKG, fizioterapiya, rentgen diagnostikasi, laboratoriya tadqiqot xonalari hamda 5-Kon boshqarmasi ishlab chiqarish bo‘linmalarida 4 ta tibbiy punktlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

“Zafarobod” qo‘rg‘oni hududida ikki qavatli, yopiq suzish havzasi va kutubxonasi bo‘lgan “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majmuasi mavjud. Ushbu majmua 2017-yil sentabr oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib unda 6 sport bo‘limi (og‘ir atletika, fitnes, shaxmat va shashka, stol tennisi, suzish, futbol), 7 havaskor badiiy to‘garaklar (estrada raqsi, tasviriy sanʼat, doira, vokal, milliy vokal, KVN, milliy raqs) mavjud. Majmua sunʼiy qoplamali mini futbol maydoniga ega.

“Yoshlik” madaniyat uyida badiiy gimnastika seksiyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Yoshlik” madaniy sport markazida boks, voleybol, stol tennisi va futzal bo‘yicha seksiyalar mavjud.

Bundan tashqari “Qarnab” MFY hududida joylashgan sport majmuasida “Shodlik” va sport to‘garaklari mavjud. Ushbu sog‘lomlashtirish majmuasida va sport markazlarida 5-Kon boshqarmasi xodimlari va bolalari, Zafarobod qo‘rg‘onida yashovchi 1200 dan ortiq fuqarolar va bolalari sport bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.

“Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majmuasida joylashgan kutubxonaning umumiy kitob fondi 14 ming 500 nusxaga yaqin turli yo‘nalishdagi kitoblardan iborat. Ulardan texnik 1600 dona, bolalar adabiyoti 1500 dona, badiiy kitoblar 9400 dona, umumiy adabiyotlar 2000 dona. Kitoblar o‘zbek va rus tillarida.

Kutubxona kompyuter texnikasi va skanerlar bilan jihozlangan. Kutubxona NKMK yagona portaliga ulangan bo‘lib, uning yordamida kutubxona mehmonlari elektron kutubxonaga oid qiziqarli adabiyotlarni topishlari mumkin. Bugungi kunga kelib kitoblarning 1733 nusxasi skaner qilinib, NKMK elektron kutubxonasining umumiy veb-saytiga kiritilgan.

“Zafarobod” qo‘rg‘onida 400 kishilik yotoqxona mavjud. Bu yotoqxonada oilaviy tipdagi 40 ta xona va 5-Kon boshqarmasi xodimlari uchun 150 ta yotoq-joy mavjud.

Zarafshon shahrida 10-sonli yotoqxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yotoqxonada 5-Kon boshqarmasi xodimlari uchun 50 ta yotoq-joy mavjud.

“Ko‘kcha” ovqatlanish kombinati Zafarobod qo‘rg‘oni hududida joylashgan bo‘lib oziq-ovqat saqlash uchun omborxonaga ega. Ishchilarga “Ko‘kcha” ovqatlanish kombinatining 9 ta oshxonasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

“Ko‘kcha” ovqatlanish kombinatining xodimlarining asosiy ish faoliyati 5-Kon boshqarmasining Konimex, Paxtachi (Ketmonchi koni) tumanlarida hamda Zarafshon shahrida joylashgan bo‘linmalaridagi ishlab kelayotgan ishchi-xodimlarga xizmat ko‘rsatishdan iborat.

“Zafarobod” hududiy boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan “Kelajak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan bo‘lib, umumiy mavsumda 900 nafar (bir mavsumda 300 nafar) bolalarni yozgi mavsumda dam oldirish va sog‘lomlashtirish imkoniyatiga ega.