Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

«NKMK jamg‘armasi» DM boshqarmasida «Dolzarb 60 kun» tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti (MTO‘M) o‘tkazildi. Tadbirda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Aksiyadorlik jamiyati va «Navoiyuran» davlat korxonasi obyektlarda favqulodda vaziyatlar markazi xodimlari ishtirok etib, ishchi-xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berishdi. Mashg‘ulot davomida korxona ishchilari yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish, evakuatsiya qilish tartiblari …

Mukofotlangan faollar ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib

Mukofotlangan faollar ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib, «NKMK jamg‘armasi» davlat muassasasining yanada gullab-yashnashi va yangi marralarni zabt etishi yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Esdalik nishonlari bilan taqdirlangan hamkasblarimizni chin dildan tabriklaymiz hamda ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Jamg‘arma xodimlari «O‘zbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishonlari topshirildi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “NKMK jamg‘armasi” DMning bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tantanali tadbirda “NKMK” AJ bosh muhandisi Atabek Ravshanov barchani eng aziz, eng ulug‘ bayram – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. …

NAVOIYDA ZAMONAVIY ANGIOGRAFIYA BO‘LIMI ISHGA TUSHDI

Bugun “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasining Navoiy shahridagi Tibbiy sanitariya bo‘limida zamonaviy angiografiya bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu yuqori texnologik tibbiy yo‘nalishning ishga tushirilishi nafaqat shifoxona, balki butun hudud aholisi uchun muhim voqea bo‘ldi. 🔹Mazkur bo‘limning tashkil etilishi yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash hamda zamonaviy, kam invaziv usullarda davolash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Avval bunday murakkab diagnostika va davolash xizmatlari uchun …

“NKMK JAMG‘ARMASI”DA BIRINCHI YARIM YILLIK YAKUNLARI MUHOKAMA QILINDI

“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tizimida 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilish kun tartibidan bir qator muhim masalalar o‘rin oldi. Xususan, jamg‘arma tizimida ijro intizomining holati yuzasidan ma’ruza tinglandi. Shuningdek, “NKMK jamg‘armasi” DM Vasiylik kengashining 2026-yil 20-apreldagi 7-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Kun tartibida jamg‘armaning …

“Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi ko‘rgazmasi ochildi

➡️Yoshlar oyligi doirasida, bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi mutaxassislari va tarbiyalanuvchilarining Yoshlar kuniga bag‘ishlangan hisobot ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ko‘rgazmada isteʼdod sohiblari tomonidan yaratilgan konchilik texnikalari, ishlab chiqarish sanoati maketlari, robototexnika, kulolchilik, tikuvchilik, aviamodellashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda yog‘och o‘ymakorligi namunalari, “Farhod” madaniyat saroyining zamonaviy dizayni namoyish etildi. Bu ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda …

Zamonaviy tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

“NKMK jamg‘armasi” DM tasarrufidagi tibbiyot maskanlarida zamonaviy, yuqori texnologik tibbiy uskunalardan keng foydalanib kelinmoqda. Mazkur uskunalar sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etib, ularning uzluksiz va samarali ishlashi doimiy texnik xizmat, diagnostika va ta’mirlash ishlarini talab etadi. ➡️ Xususan, jamg‘armaning Zarafshon shahridagi tibbiy sanitariya qismida o‘rnatilgan yuqori texnologik tibbiy jihozlarga xizmat ko‘rsatishda xitoylik mutaxassislar jalb etilmoqda. Mazkur masala yuzasidan …

OAV VAKILLARI VA JURNALISTLAR DIQQATIGA!

➡️ 2026-yil 17-iyun kuni soat 9:00 da Navoiy viloyati Navbahor tumani Sarmishsoy darasida hududida joylashgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg’armasi” DM tasarrufidagi «Sarmish» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida press-tur tashkil etiladi. Sizlarni ushbu tadbirni keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz! Murojaat uchun telefon: +99893 9505566. Press turga Matbyot uyidan soat 9:00 da jo‘nab ketiladi. “NKMK jamg‘armasi” DM Axborot xizmati. Bizni kuzatib boring.👩‍💻

“MASH’AL” OROMGOHI FAOLIYAT BOSHLADI: DAM OLISH VA MEHNAT UYG‘UNLASHGAN MASKAN

Navoiy shahridagi «So‘g‘diyona» sport saroyida “Mash’al” dam olish va mehnat oromgohi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur oromgohga 15–17 yoshdagi o‘smirlar qabul qilinmoqda. U o‘zining yangicha yondashuvi bilan an’anaviy, shahar tashqarisida joylashgan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlaridan tubdan farq qiladi. Oromgoh faoliyati kunlik tartib asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishtirokchilar har kuni ertalab soat 08:00 da kelib, soat 17:00 ga qadar belgilangan dastur asosida …