“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tizimida 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibidan bir qator muhim masalalar o‘rin oldi. Xususan, jamg‘arma tizimida ijro intizomining holati yuzasidan ma’ruza tinglandi. Shuningdek, “NKMK jamg‘armasi” DM Vasiylik kengashining 2026-yil 20-apreldagi 7-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Kun tartibida jamg‘armaning 2026-yil birinchi yarim yillikdagi moliyaviy ko‘rsatkichlari ham alohida e’tiborga olindi. Jumladan, pullik xizmatlar bo‘yicha daromadlarni oshirish, energiya samaradorligini kuchaytirish hamda xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi muhokama etildi. Shu bilan birga, ovqatlanish kombinati oshxonalarida erkin savdodan tushayotgan mablag‘lar holati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda jamg‘arma bo‘linmalarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi ijrosi ham ko‘rib chiqilib, zarar bilan ishlayotgan bo‘linmalar faoliyatini yaxshilash, ularning daromad va rentabellik darajasini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobotlar eshitildi.
Bundan tashqari, jamg‘arma obyektlarida energiya resurslari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sarflanishi, shuningdek, qora va rangli metall parchalarini topshirish rejasi ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Videoselektor yig‘ilishining muhim qismida hududiy boshqarma boshliqlari hamda Navoiy maydoni tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining 2026-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirgan ishlari va hududlardagi obyektlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi chora-tadbirlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Mazkur yig‘ilishda “NKMK jamg‘armasi” DMning barcha bo‘lim va xizmat boshliqlari, hududiy boshqarma rahbarlari hamda tegishli mutaxassislarning ishtiroki ta’minlandi. Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglanib, muhim xulosalar qilindi.
«NKMK jamg‘armasi» DM Axborot xizmati.
