➡️Yoshlar oyligi doirasida, bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi mutaxassislari va tarbiyalanuvchilarining Yoshlar kuniga bag‘ishlangan hisobot ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada isteʼdod sohiblari tomonidan yaratilgan konchilik texnikalari, ishlab chiqarish sanoati maketlari, robototexnika, kulolchilik, tikuvchilik, aviamodellashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda yog‘och o‘ymakorligi namunalari, “Farhod” madaniyat saroyining zamonaviy dizayni namoyish etildi. Bu ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda ishtirok etgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “NKMK jamg‘armasi”, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, yoshlar vakillari Bolalar ijodiyoti markazi jamoasining ishlari, yutuqlarini alohida eʼtirof etishdi.

