📰 “Founterra” jamoasi xalqaro tanlovlarda yuksak natijalarga erishdi

2026-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida VI “Yozgi yulduzlar” xalqaro ko‘p janrli tanlovi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Adliya hamda Madaniyat vazirliklari ko‘magida “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tanlovda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistondan kelgan iqtidorli yoshlar qatorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi”ga qarashli “Oltin vodiy” madaniyat saroyining “Founterra” vokal jamoasi solistlari ham munosib …

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq shahridagi “Uchquduq” madaniyat saroyi maydonida Shimoliy kon boshqarmasi va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi bo‘linmalarida ishlaydigan ishchi-xodimlarning farzandlari hamda uchquduqlik bolajonlar uchun bayram konserti o‘tkazildi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq shahridagi “Uchquduq” madaniyat saroyi maydonida Shimoliy kon boshqarmasi va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi bo‘linmalarida ishlaydigan ishchi-xodimlarning farzandlari hamda uchquduqlik bolajonlar uchun bayram konserti o‘tkazildi. Bayram dasturi “Uchquduq” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

Zafarobod hududida ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosib nishonlandi. Jamg’armaning “Yoshlik” madaniyat va sport markazi maydonida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga quvonch ulashdi.

🔵 “Zafarobod” hududiy boshqarmasi madaniyat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastur davomida kichkintoylar uchun turli qiziqarli chiqishlar namoyish etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Shuningdek, bolalarga sovg‘alar topshirilib, ularning yuzlarida quvonch ifodasi aks etdi. Mazkur tadbir bolalar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, bayram shukuhini yanada oshirdi.

🏀“Alpomish” jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

25–31-may kunlari Namangan shahrida U-15 yosh toifasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning eng kuchli jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. 🔵 Mazkur nufuzli musobaqada «NKMK jamg’armasi»ning Zarafshon shahridagi “Alpomish” sport majmuasi jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa Saramarqand, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlari vakillarini mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi.   Hal qiluvchi uchrashuvda esa “Alpomish” …