Zafarobod hududida ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosib nishonlandi. Jamg’armaning “Yoshlik” madaniyat va sport markazi maydonida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga quvonch ulashdi.

🔵 “Zafarobod” hududiy boshqarmasi madaniyat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastur davomida kichkintoylar uchun turli qiziqarli chiqishlar namoyish etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Shuningdek, bolalarga sovg‘alar topshirilib, ularning yuzlarida quvonch ifodasi aks etdi.

Mazkur tadbir bolalar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, bayram shukuhini yanada oshirdi.