«Gornyak pansionati»

🏔 “GORNYAK” pansionati — sog‘lom hayot sari qadam! 🌿

🔸“NKMK jamg‘armasi” DM tasarrufidagi “GORNYAK” pansionati sport-sog‘lomlashtirish majmuasi sizni tog‘lar bag‘rida, “Chorvoq” suv ombori bo‘yidagi betakror manzaralar og‘ushida hordiq chiqarishga chorlaydi!

📍 Maskan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan bo‘lib, toza havo, sokin muhit va qulay sharoitlari bilan ajralib turadi.

“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK hamda “NKMK jamg‘armasi” DM ishchi-xodimlari, shuningdek, barcha yurtdoshlarimizni salomatlikni tiklash, ruhiy va jismoniy dam olish uchun ushbu go‘shada maroqli hordiq chiqarishga taklif etamiz.

✨ “GORNYAK” pansionati — sog‘lom dam, pokiza muhit va unutilmas lahzalar manzili!