“Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi ko‘rgazmasi ochildi

➡️Yoshlar oyligi doirasida, bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi mutaxassislari va tarbiyalanuvchilarining Yoshlar kuniga bag‘ishlangan hisobot ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ko‘rgazmada isteʼdod sohiblari tomonidan yaratilgan konchilik texnikalari, ishlab chiqarish sanoati maketlari, robototexnika, kulolchilik, tikuvchilik, aviamodellashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda yog‘och o‘ymakorligi namunalari, “Farhod” madaniyat saroyining zamonaviy dizayni namoyish etildi. Bu ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda …

Zamonaviy tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

“NKMK jamg‘armasi” DM tasarrufidagi tibbiyot maskanlarida zamonaviy, yuqori texnologik tibbiy uskunalardan keng foydalanib kelinmoqda. Mazkur uskunalar sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etib, ularning uzluksiz va samarali ishlashi doimiy texnik xizmat, diagnostika va ta’mirlash ishlarini talab etadi. ➡️ Xususan, jamg‘armaning Zarafshon shahridagi tibbiy sanitariya qismida o‘rnatilgan yuqori texnologik tibbiy jihozlarga xizmat ko‘rsatishda xitoylik mutaxassislar jalb etilmoqda. Mazkur masala yuzasidan …