“METALLURG” SANATORIY-PROFILAKTORIYSI

“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi jamoasining asosiy e’tibori NKMK mehnat jamoasi a’zolarining sogʻligini yaxshilash, ishchilarning mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasalliklarni oldini olish, sogʻlom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasalliklarni kamaytirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgandir. “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi Karmana tumani “Talqoq” mahallasida joylshagan.

15-APREL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SANʼAT XODIMLARI KUNI

«NKMK jamg‘armasi» davlat muassasasi tasarrufidagi madaniyat muassasalarida faoliyat olib borayotgan madaniyat va san’at xodimlarini 15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan tabriklaymiz! Shu munosabat bilan barcha madaniyat va sanʼat fidoyilarini bugungi ayyom bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga zalvorli, ham faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun chuqur hurmatimizni bildirib, samimiy, ezgu tilakalarimizni izhor etamiz. Bugun joylardagi barcha madaniyat maskanlarida …

➡️ “NKMK jamg’armasi” DM Komplayens xizmati tomonidan boshqarma bo‘lim va xizmat rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

🟢 Seminar davomida barcha bo‘limlarda belgilangan tartib asosida nazorat ishlarini kuchaytirish, moddiy javobgarlik masalalari hamda hisob yuritishni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish, mas’uliyatni oshirish va ish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hamda o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir guruh xodimlar ogohlantirildi va kelgusida …