Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston Kubogida “NKMK jamg‘armasi”ning “Oltin suv” suzuvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi

26-noyabr – 1-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston Olimpiya shaharchasining suzish havzasida Prezident Olimpiadasi musobaqalari doirasida U-15, U-17 va kattalar o‘rtasida suzish bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada “Sug‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasi huzuridagi “Oltin suv” suzish markazi suzuvchilari yuksak natijalarga erishdi. Jamoamiz tarkibidan 10 nafar sportchi qatnashib, quyidagi natijalarni qayd etdi: 🏊‍♂️Odilov Olimjon – 🥇 1 …

Bosmaxona faoliyatining 60 yilligi tantanali nishonlandi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” tasarrufidagi Bosmaxona tashkil etilganining 60 yilligi munosabati bilan “Farhod” madaniyat saroyida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Bosmaxonaning faxriy xodimlari, jamoa a’zolari, soha vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir bayramona ruhda, yillar davomida korxonaning shakllanishi va taraqqiyot yo‘lida fidokorona mehnat qilgan insonlarga ehtirom ifodasida o‘tkazildi. Bayramni “NKMK jamg‘armasi” DM direktori Dilshod Ochilov ochib berdi. U o‘z …

Oshpazlar o‘rtasida mahorat tanlovi – tajriba va mahorat sinovi

Oshpazlik – insoniyat tarixida eng qadimiy va eng zarur kasblardan biridir. Qadim zamonlardan buyon taom tayyorlash san’atini mukammal egallagan, o‘z qo‘li mohirligi va didi bilan boshqalardan ajralib turgan insonlar har doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa oshpazlik nafaqat kasb, balki ijod, mahorat va estetik zavq uyg‘otuvchi san’at darajasiga ko‘tarilgan. Shu an’anani davom ettirish, “NKMK jamg‘armasi” tizimidagi oshpazlarning kasbiy …

“Xon-atlas” festivali doirasida “NKMK jamg‘armasi” boshqarmasi ayollari o‘ziga xos, noan’anaviy tarzda ishtirok etdilar.

➡️ Jamg‘arma jamoasining xotin-qizlari Buxoro shahrining tarixiy ko‘chalarida milliy liboslarimiz — atlas va adraslardan tikilgan rang-barang kiyimlar, qadimiy naqshlar va zamonaviy uslublar uyg‘unligida yaratilgan obrazlar orqali o‘zbek ayoli go‘zalligini va didini namoyon etdilar. Tadbir davomida “NKMK jamg‘armasi” ayollari nafaqat milliy an’analarni targ‘ib etdilar, balki zamonaviylik va qadriyatlar uyg‘unligini ifodalovchi madaniy ko‘rinish bilan festival ishtirokchilari va mehmonlariga iliq taassurot qoldirdilar. Mazkur …

JAMG‘ARMA MUTAXASSISI “MA’NAVIYAT FIDOYISI” DEB E’TIROF ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jamg‘arma direktori D. Ochilov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Navoiy viloyati bo‘limi rahbari R. Hayitov, boshqarma jamoasi ishtirok etib, mustaqillikning bebaho qadri, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Mazkur tantanada viloyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz …

🌿 TABIAT QO‘YNIDA DAM OLING! 🌊

🏕 «To‘dako‘l» dam olish maskani sizni iliq quyosh, toza havo va sokinlik bag‘riga chorlaydi! 🏖 Plyajda hordiq, suzish havzasi, sport maydonchalari, oilaviy xonalar, kafelar, sauna va ekskursiyalar — barchasi sizning maroqli dam olishingiz uchun! 🌞 Yozni unutilmas lahzalar bilan o‘tkazing — biz siz uchun har bir qulaylik haqida o‘yladik! 👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar, oila a’zolari va barcha mehmonlar uchun xavfsizlik va qulayliklar …

“PAHLAVON” OROMGOHI – SO‘LIM CHORVOQ BAG‘RIDA BOLAJONLAR UCHUN MASKAN

“Pahlavon” bolalar sport-sog‘lomlashtirish oromgohi O‘zbekistonning eng so‘lim go‘shalaridan biri — Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida joylashgan. 🟠 Mazkur maskanga Qizilqum bag‘rida joylashgan Uchquduq, Zarafshon hamda Zafarobod hududlarida ulg‘ayayotgan bolajonlar jalb etilmoqda. Oromgohda bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular bu yerda sport mashg‘ulotlari, turli musobaqalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Tabiat qo‘ynida, musaffo havo va go‘zal manzaralar orasida o‘tayotgan …

📰 “Founterra” jamoasi xalqaro tanlovlarda yuksak natijalarga erishdi

2026-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida VI “Yozgi yulduzlar” xalqaro ko‘p janrli tanlovi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Adliya hamda Madaniyat vazirliklari ko‘magida “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tanlovda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistondan kelgan iqtidorli yoshlar qatorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi”ga qarashli “Oltin vodiy” madaniyat saroyining “Founterra” vokal jamoasi solistlari ham munosib …

“Marvarid” ansambli Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyatini munosib namoyish etdi!

2025-yil 4–9-may kunlari Ozarbayjonning Guba shahrida o‘tkazilgan xalqaro “I am proud of Being Azerbaijani” (“Men o‘zimni ozarbayjonlik deb faxrlanaman”) nomli tanlov-festivalda “NKMK jamg‘armasi”ning “Farhod” madaniyat saroyi qoshidagi “Marvarid” milliy raqs ansambli munosib ishtirok etdi. Festival buyuk davlat arbobi, Ozarbayjon milliy lideri Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlandi. Unda 8 davlatdan 17 dan ortiq ijodiy jamoa, shu jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, …

“METALLURG” SANATORIY-PROFILAKTORIYSI

“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi jamoasining asosiy e’tibori NKMK mehnat jamoasi a’zolarining sogʻligini yaxshilash, ishchilarning mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasalliklarni oldini olish, sogʻlom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasalliklarni kamaytirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgandir. “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi Karmana tumani “Talqoq” mahallasida joylshagan.