15-APREL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SANʼAT XODIMLARI KUNI

«NKMK jamg‘armasi» davlat muassasasi tasarrufidagi madaniyat muassasalarida faoliyat olib borayotgan madaniyat va san’at xodimlarini 15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan tabriklaymiz! Shu munosabat bilan barcha madaniyat va sanʼat fidoyilarini bugungi ayyom bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga zalvorli, ham faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun chuqur hurmatimizni bildirib, samimiy, ezgu tilakalarimizni izhor etamiz. Bugun joylardagi barcha madaniyat maskanlarida …

🏀“Alpomish” jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

25–31-may kunlari Namangan shahrida U-15 yosh toifasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning eng kuchli jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. 🔵 Mazkur nufuzli musobaqada «NKMK jamg’armasi»ning Zarafshon shahridagi “Alpomish” sport majmuasi jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa Saramarqand, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlari vakillarini mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi. Hal qiluvchi uchrashuvda esa “Alpomish” jamoasi …

“BIZ — KIBERJINOYATLARGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Navoiy kon metallurgiya kombinati Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 28.02.2025-yildagi №26-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan, “Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasida kompleks tadbirlar o‘tkazilib, kiberjinoyatchilikni oldini olish va internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda tegishli soha mutaxassislarining mavzuga oid ma’ruzalari tinglanib, videoroliklar namoyish …

Zafarobod hududida ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosib nishonlandi. Jamg’armaning “Yoshlik” madaniyat va sport markazi maydonida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga quvonch ulashdi.

Zafarobod hududida ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosib nishonlandi. Jamg’armaning “Yoshlik” madaniyat va sport markazi maydonida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga quvonch ulashdi. 🔵 “Zafarobod” hududiy boshqarmasi madaniyat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastur davomida kichkintoylar uchun turli qiziqarli chiqishlar namoyish etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Shuningdek, bolalarga sovg‘alar topshirilib, ularning yuzlarida quvonch ifodasi aks etdi. Mazkur tadbir bolalar qalbida unutilmas …

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Navro‘z sayli”da “Umumxalq saylini tashkil qilish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linma” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Tanlovning natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlari 500 kishidan ortiq bo‘lgan guruhda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqarmasi GRAN-PRI sohibi bo‘ldi. “NKMK” AJ “Qizilqum” kon boshqarmasi va Navoiy mashinasozlik zavodi 1-o‘rin, “NKMK” AJ “Sanoatelektrmontaj” tresti va “NKMK jamg‘armasi” DM Tibbiy-sanitariya bo‘limi 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. “Navoiy” qurilish-montaj boshqarmasi nominatsiyada eʼtirof etildi. Ishchi-xodimlari 500 kishidan kam bo‘lgan guruhda “NKMK jamg‘armasi” DM boshqarmasi GRAN-PRI sohibi bo‘ldi. “NKMK” …

“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi bosh direktori Dilshod Ochilovning Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram

“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi bosh direktori Dilshod Ochilovning Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram tabrigi Hurmatli jamg‘armamiz jamoasi, aziz hamkasblar! Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona. Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan butun jamoamiz ahlini va ularning oila …

BEMOR BOLAJONLAR SALOMATLIGI BIZ UCHUN MUHIM!

«NKMK jamg‘armasi» DM tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya bo‘limining Tug‘riq va Bolalar bo‘limida Yangi yil qahramonlari mehmon bo‘lishdi. Shifo maksanidan tezroq shifo topib, Yangi yilni o‘z oilasi davrasida kutib olishi uchun shikokorlar bolajonlarning salomatligiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bolajonlar har qanday holatda ham ertaklar va ulardagi yaxshiliklarga ishonadi. Buning uchun Jamg‘armaning Madaniyat va sport faoliyatini tashkillashtirish hamda Davollash va sog‘lomlashtirish faoliyati bo’yicha guruhlari tomonidan …

Endilikda «NKMK jamg’armasi» tasarrufidagi «Metallurg» sanatoriy-profilaktoriysida nafaqat Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlariga, balki viloyatimiz aholisiga ham sog’lomlashtirish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Ushbu sihatgohda: ✅Suv bilan davolash (davolovchi     vannalar: marvaridli va tuzli); ✅Umurtqa pog’onasini cho’zish; ✅Issiqlik bilan davolash (tabiiy     balchiq va parafin) ✅Fizioterapiya muolajalari (elektr     toki bilan davolash, elektroforez,     diadinamotrafiya); ✅Yuqori chastotali toklar bilan     davolash; ✅Lazer bilan davolash; ✅Elektr uyqu bilan davolash; ✅Magnit  nurlari bilan davolash; ✅Gidrokolonoterapiya; ✅Speleoterapiya; ✅Kislorodli kokteyl kabi davolash …