🟢 Seminar davomida barcha bo‘limlarda belgilangan tartib asosida nazorat ishlarini kuchaytirish, moddiy javobgarlik masalalari hamda hisob yuritishni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish, mas’uliyatni oshirish va ish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hamda o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir guruh xodimlar ogohlantirildi va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirida “NKMK jamg‘armasi” DM direktori Dilshod Ochilov ishtirok etdi.
