NAVOIYDA ZAMONAVIY ANGIOGRAFIYA BO‘LIMI ISHGA TUSHDI

Bugun “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasining Navoiy shahridagi Tibbiy sanitariya bo‘limida zamonaviy angiografiya bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu yuqori texnologik tibbiy yo‘nalishning ishga tushirilishi nafaqat shifoxona, balki butun hudud aholisi uchun muhim voqea bo‘ldi. 🔹Mazkur bo‘limning tashkil etilishi yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash hamda zamonaviy, kam invaziv usullarda davolash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Avval bunday murakkab diagnostika va davolash xizmatlari uchun …

“NKMK JAMG‘ARMASI”DA BIRINCHI YARIM YILLIK YAKUNLARI MUHOKAMA QILINDI

“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tizimida 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilish kun tartibidan bir qator muhim masalalar o‘rin oldi. Xususan, jamg‘arma tizimida ijro intizomining holati yuzasidan ma’ruza tinglandi. Shuningdek, “NKMK jamg‘armasi” DM Vasiylik kengashining 2026-yil 20-apreldagi 7-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Kun tartibida jamg‘armaning …

“Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi ko‘rgazmasi ochildi

➡️Yoshlar oyligi doirasida, bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Bolalar ijodiyoti markazi mutaxassislari va tarbiyalanuvchilarining Yoshlar kuniga bag‘ishlangan hisobot ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ko‘rgazmada isteʼdod sohiblari tomonidan yaratilgan konchilik texnikalari, ishlab chiqarish sanoati maketlari, robototexnika, kulolchilik, tikuvchilik, aviamodellashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda yog‘och o‘ymakorligi namunalari, “Farhod” madaniyat saroyining zamonaviy dizayni namoyish etildi. Bu ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda …

Zamonaviy tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

“NKMK jamg‘armasi” DM tasarrufidagi tibbiyot maskanlarida zamonaviy, yuqori texnologik tibbiy uskunalardan keng foydalanib kelinmoqda. Mazkur uskunalar sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etib, ularning uzluksiz va samarali ishlashi doimiy texnik xizmat, diagnostika va ta’mirlash ishlarini talab etadi. ➡️ Xususan, jamg‘armaning Zarafshon shahridagi tibbiy sanitariya qismida o‘rnatilgan yuqori texnologik tibbiy jihozlarga xizmat ko‘rsatishda xitoylik mutaxassislar jalb etilmoqda. Mazkur masala yuzasidan …

OAV VAKILLARI VA JURNALISTLAR DIQQATIGA!

➡️ 2026-yil 17-iyun kuni soat 9:00 da Navoiy viloyati Navbahor tumani Sarmishsoy darasida hududida joylashgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg’armasi” DM tasarrufidagi «Sarmish» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida press-tur tashkil etiladi. Sizlarni ushbu tadbirni keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz! Murojaat uchun telefon: +99893 9505566. Press turga Matbyot uyidan soat 9:00 da jo‘nab ketiladi. “NKMK jamg‘armasi” DM Axborot xizmati. Bizni kuzatib boring.👩‍💻

“MASH’AL” OROMGOHI FAOLIYAT BOSHLADI: DAM OLISH VA MEHNAT UYG‘UNLASHGAN MASKAN

Navoiy shahridagi «So‘g‘diyona» sport saroyida “Mash’al” dam olish va mehnat oromgohi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur oromgohga 15–17 yoshdagi o‘smirlar qabul qilinmoqda. U o‘zining yangicha yondashuvi bilan an’anaviy, shahar tashqarisida joylashgan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlaridan tubdan farq qiladi. Oromgoh faoliyati kunlik tartib asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishtirokchilar har kuni ertalab soat 08:00 da kelib, soat 17:00 ga qadar belgilangan dastur asosida …

“PAHLAVON” OROMGOHI – SO‘LIM CHORVOQ BAG‘RIDA BOLAJONLAR UCHUN MASKAN

“Pahlavon” bolalar sport-sog‘lomlashtirish oromgohi O‘zbekistonning eng so‘lim go‘shalaridan biri — Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida joylashgan. 🟠 Mazkur maskanga Qizilqum bag‘rida joylashgan Uchquduq, Zarafshon hamda Zafarobod hududlarida ulg‘ayayotgan bolajonlar jalb etilmoqda. Oromgohda bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular bu yerda sport mashg‘ulotlari, turli musobaqalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Tabiat qo‘ynida, musaffo havo va go‘zal manzaralar orasida o‘tayotgan …

📰 “Founterra” jamoasi xalqaro tanlovlarda yuksak natijalarga erishdi

2026-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida VI “Yozgi yulduzlar” xalqaro ko‘p janrli tanlovi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Adliya hamda Madaniyat vazirliklari ko‘magida “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tanlovda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistondan kelgan iqtidorli yoshlar qatorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi”ga qarashli “Oltin vodiy” madaniyat saroyining “Founterra” vokal jamoasi solistlari ham munosib …

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq shahridagi “Uchquduq” madaniyat saroyi maydonida Shimoliy kon boshqarmasi va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi bo‘linmalarida ishlaydigan ishchi-xodimlarning farzandlari hamda uchquduqlik bolajonlar uchun bayram konserti o‘tkazildi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq shahridagi “Uchquduq” madaniyat saroyi maydonida Shimoliy kon boshqarmasi va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi bo‘linmalarida ishlaydigan ishchi-xodimlarning farzandlari hamda uchquduqlik bolajonlar uchun bayram konserti o‘tkazildi. Bayram dasturi “Uchquduq” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.