⚽️ 22-NKMK ochiq turniri: g‘oliblar taqdirlandi

Mini-futbol bo‘yicha faxriylar o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil etilgan 22-NKMK ochiq turniri yuqori kayfiyatda yakunlanib, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida “NKMK jamg‘armasi” DM direktori A. Bozorov hamda NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi I. Raxmatov ishtirok etib, musobaqa qatnashchilarini samimiy muborakbod etdilar.

🏆 Barcha g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

⭐️ Turnir davomida o‘z mahoratini namoyon etgan eng yaxshi o‘yinchilar esa turli nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi.

Maydondagi har bir uchrashuvda faxriylar yoshlar havas qilgudek shijoat, iroda va sportga bo‘lgan cheksiz mehrni namoyish etdilar. Bu turnir nafaqat musobaqa, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzining yorqin ifodasiga aylandi.