«Metallurg» sanatoriy-profilaktoriysi

“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi sizni chorlaydi!

🔸Navoiy viloyatining eng bahavo va so‘lim maskanlaridan biri, Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi 2026-yilda ham siz azizlarga xizmat ko‘rsatishdan mamnun.

Bu yerda sizni zamonaviy tibbiy muolajalar, malakali shifokor va hamshiralar, shuningdek, maxsus ratsion asosida kuniga uch mahal taqdim etiladigan mazali va foydali taomnoma kutmoqda. Barcha sharoitlar sizning salomatligingizni mustahkamlash va tiklashga qaratilgan.

Bugunoq yo‘llanmani qo‘lga kiriting va sog‘lom hayot sari ilk qadamni “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysida boshlang!

Sizni sog‘lomlik, osoyishtalik va qulaylik muhitida kutib qolamiz.