⚽️ 22-NKMK ochiq turniri: g‘oliblar taqdirlandi

Mini-futbol bo‘yicha faxriylar o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil etilgan 22-NKMK ochiq turniri yuqori kayfiyatda yakunlanib, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Taqdirlash marosimida “NKMK jamg‘armasi” DM direktori A. Bozorov hamda NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi I. Raxmatov ishtirok etib, musobaqa qatnashchilarini samimiy muborakbod etdilar. 🏆 Barcha g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. ⭐️ Turnir davomida o‘z mahoratini namoyon …

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

«NKMK jamg‘armasi» DM boshqarmasida «Dolzarb 60 kun» tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti (MTO‘M) o‘tkazildi. Tadbirda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Aksiyadorlik jamiyati va «Navoiyuran» davlat korxonasi obyektlarda favqulodda vaziyatlar markazi xodimlari ishtirok etib, ishchi-xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berishdi. Mashg‘ulot davomida korxona ishchilari yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish, evakuatsiya qilish tartiblari …