“PAHLAVON” OROMGOHI – SO‘LIM CHORVOQ BAG‘RIDA BOLAJONLAR UCHUN MASKAN

“Pahlavon” bolalar sport-sog‘lomlashtirish oromgohi O‘zbekistonning eng so‘lim go‘shalaridan biri — Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida joylashgan. 🟠 Mazkur maskanga Qizilqum bag‘rida joylashgan Uchquduq, Zarafshon hamda Zafarobod hududlarida ulg‘ayayotgan bolajonlar jalb etilmoqda. Oromgohda bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular bu yerda sport mashg‘ulotlari, turli musobaqalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Tabiat qo‘ynida, musaffo havo va go‘zal manzaralar orasida o‘tayotgan …

📰 “Founterra” jamoasi xalqaro tanlovlarda yuksak natijalarga erishdi

2026-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida VI “Yozgi yulduzlar” xalqaro ko‘p janrli tanlovi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Adliya hamda Madaniyat vazirliklari ko‘magida “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tanlovda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistondan kelgan iqtidorli yoshlar qatorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi”ga qarashli “Oltin vodiy” madaniyat saroyining “Founterra” vokal jamoasi solistlari ham munosib …

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq shahridagi “Uchquduq” madaniyat saroyi maydonida Shimoliy kon boshqarmasi va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi bo‘linmalarida ishlaydigan ishchi-xodimlarning farzandlari hamda uchquduqlik bolajonlar uchun bayram konserti o‘tkazildi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq shahridagi “Uchquduq” madaniyat saroyi maydonida Shimoliy kon boshqarmasi va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi bo‘linmalarida ishlaydigan ishchi-xodimlarning farzandlari hamda uchquduqlik bolajonlar uchun bayram konserti o‘tkazildi. Bayram dasturi “Uchquduq” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

Zafarobod hududida ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosib nishonlandi. Jamg’armaning “Yoshlik” madaniyat va sport markazi maydonida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga quvonch ulashdi.

🔵 “Zafarobod” hududiy boshqarmasi madaniyat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastur davomida kichkintoylar uchun turli qiziqarli chiqishlar namoyish etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Shuningdek, bolalarga sovg‘alar topshirilib, ularning yuzlarida quvonch ifodasi aks etdi. Mazkur tadbir bolalar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, bayram shukuhini yanada oshirdi.

🏀“Alpomish” jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

25–31-may kunlari Namangan shahrida U-15 yosh toifasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning eng kuchli jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. 🔵 Mazkur nufuzli musobaqada «NKMK jamg’armasi»ning Zarafshon shahridagi “Alpomish” sport majmuasi jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa Saramarqand, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlari vakillarini mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi.   Hal qiluvchi uchrashuvda esa “Alpomish” …

Umumxalq saylini tashkil qilish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linmalar taqdirlandi

➡️ “So‘g‘diyona” o‘yingohida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda “Umumxalq saylini tashkil qilish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linma” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlari 500 kishidan ortiq bo‘lgan guruhda “NKMK” AJ boshqarmasi hamda Navoiy mashinasozlik zavodi jamoalari GRAN-PRI sohibi bo‘ldi. “Qizilqum” kon boshqarmasi jamoasi 1-o‘rin, “Sanoatelektrmontaj” tresti jamoasi 2-o‘rin, Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi hamda “NKMK jamg‘armasi” DM Tibbiy-sanitariya bo‘limi jamoalari 3-o‘ringa sazovor …

Zafarobod qo‘rg‘onidagi ko‘lda “Navoiyuran” DK hamda “NKMK jamg‘armasi” DM Zafarobod hududiy boshqarmasi mehnat jamoalari ishtirokida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ommaviy sayil bo‘lib o‘tdi.

Bayram saylida jamoalar tomonidan milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar, qadimiy urf-odatlarimizning yorqin namunalari namoyish etildi. Tadbirga “Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayevaning tashrifi yig‘ilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Shuningdek, “Yoshlik” madaniyat markazi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi zafarobodliklar uchun chinakam bayram shukuhini yaratdi. Quvonarlisi, “Zafarobod” hududiy boshqarmasi jamoasi ushbu saylda faxrli 2-o‘rinni egalladi. Navro‘z – birlik, hamjihatlik va inson qadri ulug‘lanadigan …

Daromad, rentabellik va tejamkorlik: Jamg‘armada tizimli nazorat va tahlil kuchaytiriladi

“NKMK jamg‘armasi”da tizimli nazorat hamda tahlil kuchaytirilmoqda. 2025-yil uchun belgilangan masalalarni, jumladan, daromadlarni oshirish, xarajatlarni kamaytirish, energiya tejamkorligini kuchaytirish ijro etilmoqda. Yig‘ilishda ijro intizomi, xarajatlar va rentabellikni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.   “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasida Jamg‘arma direktori rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan, Jamg‘arma tizimida ijro intizomining holati, Vasiylik kengashining …

Kichik invaziv gastrostomiya bo‘yicha seminar va mahorat darsi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi Tibbiy-sanitariya bo‘limida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi ma’muriyati homiyligida tibbiyot amaliyotiga zamonaviy va samarali usullarni joriy etish maqsadida muhim ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi.   Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘i Alisher Tuksanov tashabbusi bilan, “Medical Online Services” MChJ tomonidan Moskva shahri V.M. Buyanov nomidagi klinik shifoxona endoskopisti Yevgeniy Yevgenevich Kudryavskiy ishtirokida “Kichik invaziv gastrostomiya texnologiyasi” mavzusida seminar va mahorat darsi …

YANGI YIL MO‘JIZALARINI TAQDIM ETGAN JAMOALAR E’TIROF ETILDI

Navoiy shahrida «Yangi yil mo‘jizalar shaharchasi» tadbiri o’tdi. Ushbu bayram tadbirida 300 dan ortiq ijodiy jamoa a’zolari qatnashgan ertaklar namoyish etilgan. Tomoshalar tomonidan katta qiziqish o’tkazilgan, 15 ming bolajon tomosha qilgan. Tadbir yakunida bolalarga shirinlik va sovg’alar topshirilgan. Tadbir nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham quvonchli va madaniyatli bayramni hayrat qilgan. Yangi yil bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat …