“NKMK jamg‘armasi” DM O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4629-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 170-son qarorlari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021-yil 29-apreldagi 15/07-QR-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
“NKMK jamg‘armasi” DM operativ boshqarish uchun unga berilgan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi notijorat tashkiloti bo‘lib, unga berilgan mol-mulkka nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini o‘z faoliyatining maqsadlariga muvofiq ravishda amalga oshirish belgilangan.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi davlat tilida lotin alifbosida tushirilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansiga ega.