Oshkoralik siyosati – Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatida

Yaqin-yaqingacha Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini yoritmoqchi bo‘lgan hamkasblarimiz kompaniyaning jahon oltin qazib oluvchi kompaniyalar reytingida 5-o‘rinni egallashi va ayrim ko‘rsatkichlar o‘sishini foizlar ko‘rinishida ko‘rsatish bilan kifoyalangan edi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosati va milliy iqtisodiyotimizning xalqaro integratsiyalashuvi jarayonlari ta’sirida kompaniya faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlardan maxfiylik belgilari olib tashlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan tog‘-kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishga oid muhim dastur va puxta o‘ylangan …