Ayonki, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyati mamlakatimizdagi yuqori likvidli tabiiy qazilma boyliklarni qazib olish orqali yurtimiz iqtisodiy barqarorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Oltin ishlab chiqarish bu borada yetakchi yoʻnalish hisoblanadi. Garchand NKMK faoliyatida oʻtgan asrning ikkinchi yarmi “Qizilqumning oltin asri hisoblansada”, yangi asrga kelib korxona tuzilmalarida tub islohotlarni, keng koʻlamdagi rekonstruksiya va modernizatsiya tadbirlarini amalga oshirish, ruda qazib olishdan …