O‘zLiDeP tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Bu jarayonda asosiy e’tibor turli soha va tarmoqlarni, aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga qaratilmoqda.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat muassasasi “Nurobod” viloyat hududiy boshqarmasi Madaniyat saroyida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda rahbariyat a’zolari, partiya faollari, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ishtirok etdi.
Partiyamiz yetakchisi o‘z nutqida ta’kidlaganidek, qonun loyihasida “Umumiy lug‘at”imizning 64 ta bandiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 16 ta normadan iborat 6 ta yangi moddani belgilash rejalashtirilgan. O‘zgartish va qo‘shimchalar “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” kabi barqaror g‘oyalarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga qaratilgan.
Xususan, Asosiy qonunning 27-moddasiga: “Har kim shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Sud qarorisiz uy-joydan mahrum etishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan norma ko‘p yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan “snos” muammosiga barham beradi.
Bundan 30 yil muqaddam qabul qilingan Asosiy qonunimizning 53-moddasida xo‘jalik faoliyati, tadbirkorlik va mehnat erkinligining huquqiy asoslari, mulkning barcha shakllari teng huquqliligi, xususiy mulk daxlsizligi belgilab berilgan. Endilikda mazkur maqolani bugungi kunning real voqeligiga, tub islohotlar mazmun-mantiqiga moslashtirish talab etiladi. Xususan, mazkur moddada “Sud qarorisiz hech kim o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni davlat ehtiyojlari uchun boshqa shaxsga majburiy o‘tkazish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollarda va tartibda, uning o‘rnini oldindan va bir xil bahoda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur moddada “Davlat iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini uyg‘un rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi,
Partiyamiz yetakchisi ta’kidlaganidek, Konstitutsiya jamiyat, davlat shakllanishi, uni boshqarishda eng muhim huquqiy hujjatdir. Asosiy qonunni o’zgartirish butun xalq manfaati bilan bog’liq masala. Shunday ekan, mamlakatimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro Konstitutsiyani takomillashtirishda faol ishtirok etishi zarur.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot xizmati.