«Agama» to‘qimachilik-trikotaj fabrikasi

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi Ijroiya Qo’mitasining 1990-yil 12-apreldagi qarori asosida “Agama” to’qimachilik-trikotaj fabrikasi sifatida tashkil etilgan.

Dastlab, 1990-yilda “Agama” to’qimachilik-trikotaj fabrikasini tashkil etishdan asosiy maqsad Zarafshon shahri hududidagi ayollarni ish bilan ta’minlash bo’lgan bo’lsa, keyinchalik kombinat ishchi-xodimlar uchun korjomalarga bo’lgan talabning oshishi natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 1997-yil 25-martdagi buyrug’iga asosan «Agama» to’qimachilik-trikotaj fabrikasi sho’ba korxonasi 1997-yil 1-apreldan boshlab “Agama” davlat trikotaj korxonasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16 oktabrdagi qaroriga asosan, “Agama” to’qimachilik-trikotaj fabrikasi deb nomlandi.

“Agama” to’qimachilik-trikotaj fabrikasida 300 dan ortiq zamonaviy, barcha talablarga javob bera oladigan modellar yaratildi, mahsulot turlari yanada ko’paytirildi. Hozirda ishchi-xodimlar tomonidan NKMK va boshqa korxonalar uchun yangi turdagi maxsus kiyimlar va trikotaj mahsulotlari yaratish eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Bugungi kunda fabrikada faoliyat ko’rsatib kelayotgan 255 nafardan ortiq yuqori malakali ishchi xodimlarning 232 nafarini ayollar va 23 nafardan ortig’ini esa erkaklar tashkil etadi. Ishlab chiqarish sexlari binolarida ishchi-xizmatchilarga mehnatni tashkil etishga oid mavjud me’yoriy hujjatlar talablari asosida zamonaviy, barcha sanitariya-gigiyena talablariga javob bera oladigan ovqatlanish, yuvinish va kiyinish xonalari tashkil etilgan.

Bugungi kunda fabrikada tog’-kon sanoati xodimlari uchun mo’ljallangan 100 ga yangi turdagi maxsus kiyim bosh modellari ishlab chiqarilmoqda.

«Agama» mahsulotlari kelgusida ham mazkur ko’p yillik tajribaga asoslangan, o’zining ishlab chiqarish an’analariga ega bo’lgan “Agama” to’qimachilik-trikotaj fabrikasi konchilarning mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan yangi, zamonaviy, sifatli va qulay, shuningdek, mamlakatimiz, qolaversa jahon standartlari talablariga ham to’la-to’kis javob bera oladigan kiyim-kechaklarni ishlab-chiqarishni o’zlarining pirovard maqsadlari sifatida belgilab olishgan.

«NKMK jamg‘armasi» DM Axborot xizmati.