Bugun «Nurobod» hududiy boshqarmasiga qarashli «Nurobod» bolneologik sanatoriy-profilaktoriysida qurib bitkazilgan «Madadkor» mini futbol o‘yingohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yingohning ochilish marosimi Nurobodda bayram tusini oldi. «Nurobod» madaniyat uyi ijodiy jamoalarining chiqishlari, Maxsus kiyim tikish sexi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma mehmonlar va dam oluvchilarga bir olam zavq ulashdi. Tadbirda Janubiy kon boshqarmasi, «Navoiyuran» DK «Nurobod» ishlab chiqarish maydoni, tuman hokimligi …
«Nurobod» sanatoriy-profilaktoriysi o‘z sport maydoniga ega bo‘ldi
