2023-yil yakunlari va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi

“NKMK jamg‘armasi” DM boshqaruv apparatida 2023-yil yakunlari va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirish mexanizmi muhokama etildi.

Jamg‘arma bosh direktori D.Ochilov har bir masalaga yondashib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bu kabi holatlar qaytarilmasligi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, hududiy boshqarmalar oldiga qo‘yilgan maqsad-vazifalarga erishish borasida qat’iy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish obyektlarining 2024-yil uchun yo‘l xaritasini qabul qilish yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi.

Bosh direktor tomonidan tizimda ba’zi xodimlarning o‘z vazifalariga sidqidildan yondashmayotganligi, topshiriqlarni bajarishdagi oqsash kabi holatlar tanqid qilindi. Shu bilan birga Jamg‘armada yil boshidan ish samaradorligini oshirish, ish intizomini kuchaytirish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.