“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasida sog‘liqni muhofaza qilishning birinchi darajasidan tortib, aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan yagona tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda.
“NKMK jamg‘armasi” DM davolash-profilaktika muassasalarida zamonaviy talablar darajasida tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun barcha zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan.