«NKMK jamg‘armasi» DM «Uchquduq» hududiy boshqarmasida Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi va 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan «NKMK jamg‘armasi» DM Jamoa shartnomasiga kiritilgan takliflar asosida Konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida 7-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Mo‘mina Nurimova ishtirok etdi.
Yakuniga yetgan yilda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha «Uchuquduq» hududiy boshqarmasi xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Dilshod Raxmatovning hisoboti tinglandi.