OLAMGA NUR SOCHGAN NAVRO’Z ZAFAROBODDA KENG TANTANA QILINDI
Yangilanish, yasharish va go‘zallik bayrami, har birimizning ko‘nglimizga bahoriy iliqlik olib kirayotgan sevimli bayramimiz – Navro‘z Zafarobodda keng nishonlandi.
“Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z bayram sayli “Navoiyuran” davlat korxonasi «Zafarobod» kon boshqarmasi va «NKMK jamg‘armasi» DM «Zafarobod» hududiy boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Bayram dasturidan o‘rin olgan mushoiralar, turli musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy dorbozlik o’yinlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Bayram shodiyonalari “Yoshlik” madaniyat saroyi ijodiy jamoalari, folklor-etnografik ansambllari hamda havaskor ijrochilarning katta gala konsert dasturi bilan davom etdi.