DIQQAT❗️❗️❗️ Navoiy viloyati Prokuraturasi va Ichki Ishlar boshqarmasi hamkorligida Yo’l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida «MUHIM TAKLIF» bot joriy etildi.

Unda fuqarolar viloyat hududida yo’l-transport hodisalarining oldini olish va harakat ishtirokchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi eng muhim takliflarini, fikr va mulohazalarini qoldirishlari mumkin!   Eslatib o’tamiz bot joriy yilning 15-sentyabr sanasidan 15-oktyabr sanasiga qadar faoliyat ko’rsatadi. Botga o’tish uchun ushbu havolaga kiring: https://t.me/muhim_taklif_bot

ZARKENTDA ISHCHI-XODIMLAR UCHUN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Zarkent qo‘rg‘onidagi “Konchi” madaniyat uyida “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari uchun “Oila – muqaddas makon” mavzusida hamda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda kon boshqarmasi rahbariyati, “NKMK jamg‘armasi” DM maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha muhandisi J.Shuhratov va boshqalar ishtirok etib, oila muqaddas qadriyat beshigi sanalishi, u qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishi hamda buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning mineralogiya va metallurgiya sohasidagi “Mineralogiya” asarining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.Davra suhbatida ishchi-xodimlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.