Zarkent qo‘rg‘onidagi “Konchi” madaniyat uyida “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari uchun “Oila – muqaddas makon” mavzusida hamda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda kon boshqarmasi rahbariyati, “NKMK jamg‘armasi” DM maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha muhandisi J.Shuhratov va boshqalar ishtirok etib, oila muqaddas qadriyat beshigi sanalishi, u qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishi hamda buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning mineralogiya va metallurgiya sohasidagi “Mineralogiya” asarining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.Davra suhbatida ishchi-xodimlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.