“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida «NKMK jamg‘armasi» DM va «Do‘stlik» agrofirmasi ishchi-xodimlari birgalikda «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasiga kirib borish yo‘li atrofida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdi.

An’anani davom ettirib, «Do‘stlik» agrofirmasi hududiga joriy yil kuz-qish mavsumi uchun 400 tup manzarali, 263 tup mevali ko‘chat ekildi. — Bugungi hasharda Jamg‘armaning 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlari loyiha doirasida 208 tup sadaqayrag‘och, 200 tup tuya kabi suvsizlikka chidamli, iqlimimizga mos va 121 tup qaroli, 142 tup olma ko‘chatini barcha agrotexnik qoidalarga rioya qilgan holda ekib chiqdi, — deydi Jamg’armaning atrof-muhit muhofazasi …

EL-YURT UCHUN RIZQ YO‘LI “DO‘STLIK” AGROFIRMASI 65 YOSHDA

Mamlakatimizning eng qudratli sanoat korxonalaridan biri hisoblangan “NKMK” AJ hamda uning yirik va ko‘p tarmoqli agro qayta ishlash majmuasi – “Do‘stlik” agrofirmasining bugungi taraqqiyot odimlari hamda erishayotgan ulkan yutuqlarida ham mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan hayotbaxsh qonun-qoida va imkoniyatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligi, shubhasiz. Agrofirma vujudga kelgan dastlabki davrdan hozirgacha bosib o‘tilgan, tom ma’noda ulkan bunyodkorlik yo‘liga nazar tashlaydigan bo‘lsak, …