“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida «NKMK jamg‘armasi» DM va «Do‘stlik» agrofirmasi ishchi-xodimlari birgalikda «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasiga kirib borish yo‘li atrofida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdi.

An’anani davom ettirib, «Do‘stlik» agrofirmasi hududiga joriy yil kuz-qish mavsumi uchun 400 tup manzarali, 263 tup mevali ko‘chat ekildi.

— Bugungi hasharda Jamg‘armaning 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlari loyiha doirasida 208 tup sadaqayrag‘och, 200 tup tuya kabi suvsizlikka chidamli, iqlimimizga mos va 121 tup qaroli, 142 tup olma ko‘chatini barcha agrotexnik qoidalarga rioya qilgan holda ekib chiqdi, — deydi Jamg’armaning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha muhandisi Azizxon Tashanov.