Tanlovning natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlari 500 kishidan ortiq bo‘lgan guruhda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqarmasi GRAN-PRI sohibi bo‘ldi. “NKMK” AJ “Qizilqum” kon boshqarmasi va Navoiy mashinasozlik zavodi 1-o‘rin, “NKMK” AJ “Sanoatelektrmontaj” tresti va “NKMK jamg‘armasi” DM Tibbiy-sanitariya bo‘limi 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. “Navoiy” qurilish-montaj boshqarmasi nominatsiyada eʼtirof etildi.
Ishchi-xodimlari 500 kishidan kam bo‘lgan guruhda “NKMK jamg‘armasi” DM boshqarmasi GRAN-PRI sohibi bo‘ldi. “NKMK” AJ Markaziy moddiy-texnika bazasi va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi 1-o‘rin, “Navoiyuran” DK uran ishlab chiqarish zavodi, “NKMK” AJ Tarmoqlar va podstansiyalar sexi va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2-o‘rin, “NKMK” AJ 3-avtokorxona va Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, «NKMK jamg‘armasi» DM jamoasining Navro‘z qadriyatlari aks ettirilgan sahna ko‘rinishi «Eng yaxshi sahna ko‘rinishi» nominatsiyasida ham g‘olib deb topildi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Toshkent, Xiva, Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.