Zarafshonda “Zarafshon yelkanlari” regatasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 29-maydan 5-iyungacha Zarafshon shahrida Zarafshon shahar hokimi sovrinlari uchun o‘tkazilgan an’anaviy “Zarafshon yelkanlari” regatasi katta sport shukuhi bilan o‘tdi.

Nufuzli musobaqadaToshkent va Zarafshon shaharlari, Qozog‘istondan kelgan sportchilar ishtirok etib, “Optimist” (U14), “Zoom-8” (U16), “Luch mini” (U20) hamda “Windglider” sinfidagi yaxtalarda o‘zaro bellashishdi.

G‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Sovrinlarni tantanali ravishda Zarafshon shahar hokimi topshirdi.

Mazkur regata yosh sportchilar uchun nafaqat musobaqa, balki tajriba almashish va do‘stlikni mustahkamlash maydoniga aylandi. “Zarafshon yelkanlari” regatasi endilikda xalqaro doirada e’tirof etilayotgan sport an’analaridan biriga aylanmoqda.