➡️ Jamg‘arma jamoasining xotin-qizlari Buxoro shahrining tarixiy ko‘chalarida milliy liboslarimiz — atlas va adraslardan tikilgan rang-barang kiyimlar, qadimiy naqshlar va zamonaviy uslublar uyg‘unligida yaratilgan obrazlar orqali o‘zbek ayoli go‘zalligini va didini namoyon etdilar.

Tadbir davomida “NKMK jamg‘armasi” ayollari nafaqat milliy an’analarni targ‘ib etdilar, balki zamonaviylik va qadriyatlar uyg‘unligini ifodalovchi madaniy ko‘rinish bilan festival ishtirokchilari va mehmonlariga iliq taassurot qoldirdilar.

Mazkur tashabbus jamg‘arma jamoasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida ijodkorlik va milliy qadriyatlarga hurmatni oshirishga xizmat qildi.
