Navoiy shahrida «Yangi yil mo‘jizalar shaharchasi» tadbiri o’tdi. Ushbu bayram tadbirida 300 dan ortiq ijodiy jamoa a’zolari qatnashgan ertaklar namoyish etilgan. Tomoshalar tomonidan katta qiziqish o’tkazilgan, 15 ming bolajon tomosha qilgan. Tadbir yakunida bolalarga shirinlik va sovg’alar topshirilgan.

Tadbir nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham quvonchli va madaniyatli bayramni hayrat qilgan.
Yangi yil bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi hamda “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasi Sport saroyida haqiqiy bayramona muhit hukm surdi. Bu maskanlarda “Yangi yil mo‘jizalar shaharchasi” bunyod etilib, bolajonlar va kattalar uchun unutilmas bayram kayfiyati yaratildi.
“NKMK jamg‘armasi” ma’muriyati boshchiligida madaniyat va sport sohasi professional mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida 12 kun davomida har kuni to‘rt martagacha teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Unda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamg‘armasi” DM ishchi-xodimlari farzandlari, shuningdek, Navoiy shahri aholisi va mehmonlari faol ishtirok etdi.
Tomoshalar doirasida 300 nafardan ortiq ijodiy jamoa a’zolari qatnashgan “Yangi yil mo‘jizalar vaqti” hamda “O‘g‘irlangan Yangi yil” nomli ertak-spektakllar namoyish etildi. Ushbu sahna asarlari 15 mingdan ortiq bolajonlar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi. Rang-barang liboslar, jonli musiqalar, raqslar, ertaknamo sahna ko‘rinishlari bolalar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Bayram tadbirlari yakunida “Farhod” madaniyat saroyi ijodiy jamoalari ishtirokidagi bolajonlar uchun alohida bayram kechasi tashkil etildi. Ushbu quvonchli tadbirda bolalarning yuzidagi tabassum, ko‘zlaridagi quvonch bayramning eng go‘zal natijasi bo‘ldi.
Shuningdek, NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan barcha ishtirokchilarga shirinliklar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa bolajonlar uchun bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Yangi yil mo‘jizalar shaharchasi nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham quvonch, mehr va ezgulikni targ‘ib etuvchi maskanga aylandi. Bunday ezgu tashabbuslar kelajak avlodning qalbida bayram, san’at va madaniyatga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashiga xizmat qiladi.
«NKMK jamg’armasi» DM Axborot xizmati.
