Umumxalq saylini tashkil qilish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linmalar taqdirlandi

➡️ “So‘g‘diyona” o‘yingohida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda “Umumxalq saylini tashkil qilish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linma” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlari 500 kishidan ortiq bo‘lgan guruhda “NKMK” AJ boshqarmasi hamda Navoiy mashinasozlik zavodi jamoalari GRAN-PRI sohibi bo‘ldi. “Qizilqum” kon boshqarmasi jamoasi 1-o‘rin, “Sanoatelektrmontaj” tresti jamoasi 2-o‘rin, Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi hamda “NKMK jamg‘armasi” DM Tibbiy-sanitariya bo‘limi jamoalari 3-o‘ringa sazovor …

Zafarobod qo‘rg‘onidagi ko‘lda “Navoiyuran” DK hamda “NKMK jamg‘armasi” DM Zafarobod hududiy boshqarmasi mehnat jamoalari ishtirokida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ommaviy sayil bo‘lib o‘tdi.

Bayram saylida jamoalar tomonidan milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar, qadimiy urf-odatlarimizning yorqin namunalari namoyish etildi. Tadbirga “Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayevaning tashrifi yig‘ilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Shuningdek, “Yoshlik” madaniyat markazi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi zafarobodliklar uchun chinakam bayram shukuhini yaratdi. Quvonarlisi, “Zafarobod” hududiy boshqarmasi jamoasi ushbu saylda faxrli 2-o‘rinni egalladi. Navro‘z – birlik, hamjihatlik va inson qadri ulug‘lanadigan …