➡️ “So‘g‘diyona” o‘yingohida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda “Umumxalq saylini tashkil qilish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linma” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, ishchi-xodimlari 500 kishidan ortiq bo‘lgan guruhda “NKMK” AJ boshqarmasi hamda Navoiy mashinasozlik zavodi jamoalari GRAN-PRI sohibi bo‘ldi.

“Qizilqum” kon boshqarmasi jamoasi 1-o‘rin, “Sanoatelektrmontaj” tresti jamoasi 2-o‘rin, Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi hamda “NKMK jamg‘armasi” DM Tibbiy-sanitariya bo‘limi jamoalari 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, tanlovning ishchi-xodimlari 500 kishidan kam bo‘lgan guruhida “NKMK jamg‘armasi” DM boshqarmasi va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoalari 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Korxonalar jamoalarini samimiy tabriklaymiz!
