Bayram saylida jamoalar tomonidan milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar, qadimiy urf-odatlarimizning yorqin namunalari namoyish etildi.

Tadbirga “Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayevaning tashrifi yig‘ilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Shuningdek, “Yoshlik” madaniyat markazi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi zafarobodliklar uchun chinakam bayram shukuhini yaratdi.

Quvonarlisi, “Zafarobod” hududiy boshqarmasi jamoasi ushbu saylda faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Navro‘z – birlik, hamjihatlik va inson qadri ulug‘lanadigan ayyom! Barchangizga yana bir bor Navro‘z muborak bo‘lsin! 🌸
