Bosmaxona faoliyatining 60 yilligi tantanali nishonlandi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” tasarrufidagi Bosmaxona tashkil etilganining 60 yilligi munosabati bilan “Farhod” madaniyat saroyida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Bosmaxonaning faxriy xodimlari, jamoa a’zolari, soha vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir bayramona ruhda, yillar davomida korxonaning shakllanishi va taraqqiyot yo‘lida fidokorona mehnat qilgan insonlarga ehtirom ifodasida o‘tkazildi. Bayramni “NKMK jamg‘armasi” DM direktori Dilshod Ochilov ochib berdi. U o‘z …

Oshpazlar o‘rtasida mahorat tanlovi – tajriba va mahorat sinovi

Oshpazlik – insoniyat tarixida eng qadimiy va eng zarur kasblardan biridir. Qadim zamonlardan buyon taom tayyorlash san’atini mukammal egallagan, o‘z qo‘li mohirligi va didi bilan boshqalardan ajralib turgan insonlar har doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa oshpazlik nafaqat kasb, balki ijod, mahorat va estetik zavq uyg‘otuvchi san’at darajasiga ko‘tarilgan. Shu an’anani davom ettirish, “NKMK jamg‘armasi” tizimidagi oshpazlarning kasbiy …

“Xon-atlas” festivali doirasida “NKMK jamg‘armasi” boshqarmasi ayollari o‘ziga xos, noan’anaviy tarzda ishtirok etdilar.

➡️ Jamg‘arma jamoasining xotin-qizlari Buxoro shahrining tarixiy ko‘chalarida milliy liboslarimiz — atlas va adraslardan tikilgan rang-barang kiyimlar, qadimiy naqshlar va zamonaviy uslublar uyg‘unligida yaratilgan obrazlar orqali o‘zbek ayoli go‘zalligini va didini namoyon etdilar. Tadbir davomida “NKMK jamg‘armasi” ayollari nafaqat milliy an’analarni targ‘ib etdilar, balki zamonaviylik va qadriyatlar uyg‘unligini ifodalovchi madaniy ko‘rinish bilan festival ishtirokchilari va mehmonlariga iliq taassurot qoldirdilar. Mazkur …

JAMG‘ARMA MUTAXASSISI “MA’NAVIYAT FIDOYISI” DEB E’TIROF ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jamg‘arma direktori D. Ochilov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Navoiy viloyati bo‘limi rahbari R. Hayitov, boshqarma jamoasi ishtirok etib, mustaqillikning bebaho qadri, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Mazkur tantanada viloyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz …

🌿 TABIAT QO‘YNIDA DAM OLING! 🌊

🏕 «To‘dako‘l» dam olish maskani sizni iliq quyosh, toza havo va sokinlik bag‘riga chorlaydi! 🏖 Plyajda hordiq, suzish havzasi, sport maydonchalari, oilaviy xonalar, kafelar, sauna va ekskursiyalar — barchasi sizning maroqli dam olishingiz uchun! 🌞 Yozni unutilmas lahzalar bilan o‘tkazing — biz siz uchun har bir qulaylik haqida o‘yladik! 👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar, oila a’zolari va barcha mehmonlar uchun xavfsizlik va qulayliklar …

SOG‘LOMLASHTIRISH MAVSUMI BOSHLANDI

Bugun, 7-iyun kuni “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK 🟢Mavsum 10 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 4 ta smenada 24 avgustgacha davom etadi. 🟢Mavsum davomida “NKMK jamg’armasi” DM oromgohlarida 12 040 nafar bolajon dam olishi rejalashtirilgan. 🟢Erta tongda bolajonlar avtobuslarda Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Sug‘diyona”, Navbahor tumanidagi “Sarmish” va Zarafshon shahridagi «Zarafshon» sog‘lomlashtirish oromgohlariga 1-mavsum davomida dam olish uchun jo‘nab …

Zarafshonda “Zarafshon yelkanlari” regatasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 29-maydan 5-iyungacha Zarafshon shahrida Zarafshon shahar hokimi sovrinlari uchun o‘tkazilgan an’anaviy “Zarafshon yelkanlari” regatasi katta sport shukuhi bilan o‘tdi. Nufuzli musobaqadaToshkent va Zarafshon shaharlari, Qozog‘istondan kelgan sportchilar ishtirok etib, “Optimist” (U14), “Zoom-8” (U16), “Luch mini” (U20) hamda “Windglider” sinfidagi yaxtalarda o‘zaro bellashishdi. G‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Sovrinlarni tantanali ravishda Zarafshon shahar hokimi …

“Marvarid” ansambli Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyatini munosib namoyish etdi!

2025-yil 4–9-may kunlari Ozarbayjonning Guba shahrida o‘tkazilgan xalqaro “I am proud of Being Azerbaijani” (“Men o‘zimni ozarbayjonlik deb faxrlanaman”) nomli tanlov-festivalda “NKMK jamg‘armasi”ning “Farhod” madaniyat saroyi qoshidagi “Marvarid” milliy raqs ansambli munosib ishtirok etdi. Festival buyuk davlat arbobi, Ozarbayjon milliy lideri Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlandi. Unda 8 davlatdan 17 dan ortiq ijodiy jamoa, shu jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, …

“METALLURG” SANATORIY-PROFILAKTORIYSI

“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi jamoasining asosiy e’tibori NKMK mehnat jamoasi a’zolarining sogʻligini yaxshilash, ishchilarning mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasalliklarni oldini olish, sogʻlom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasalliklarni kamaytirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgandir. “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi Karmana tumani “Talqoq” mahallasida joylshagan.