“Marvarid” ansambli Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyatini munosib namoyish etdi!

2025-yil 4–9-may kunlari Ozarbayjonning Guba shahrida o‘tkazilgan xalqaro “I am proud of Being Azerbaijani” (“Men o‘zimni ozarbayjonlik deb faxrlanaman”) nomli tanlov-festivalda “NKMK jamg‘armasi”ning “Farhod” madaniyat saroyi qoshidagi “Marvarid” milliy raqs ansambli munosib ishtirok etdi. Festival buyuk davlat arbobi, Ozarbayjon milliy lideri Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlandi. Unda 8 davlatdan 17 dan ortiq ijodiy jamoa, shu jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, …