Ishga qabul qilish tartibi va savollar

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasiga ishga olishda shaffof tizimni yaratish, nomzodlarni jamlash, sinov tadbirlarini o‘tkazish hamda ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish Nizomi

 

Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich – tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon qilish;

ikkinchi bosqich – nomzodlami jamlash va malakaga oid talablarga

muvofiqligini o‘rganish;

uchinchi bosqich – nomzodlarning bilimini test sinovi hamda suhbatdan oʻtkazish;

to‘rtinchi bosqich – nomzodlarni baholash;

 

“Uchinchi bosqichda test sinovi o‘tkaziladi va test savollari 25 tani va har bir to‘g‘ri javob 2 balni tashkil etadi. 30 ball to‘plagan nomzod keyingi suhbat bosqichiga o‘tadi”;

“Test sinovidan o‘tgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat savollari 5 tani va har bir to‘g‘ri va aniq javob uchun 10 balni tashkil etadi. 30 ball to‘plagan nomzod suhbat bosqichidan o‘tadi”.

“Tanlov natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi  hisoblanadi. Tanlov g‘olibi o‘z arizasiga ko‘ra mehnat shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda Tanlov komissiya qaroriga asosan eng yuqori balldan keyingi o‘rinni egallagan nozmod tanlov g‘olibi deb topiladi”.

“Agar nomzodlar bir xil baho olgan bo‘lsa, g‘olib tanlov komissiyasi a‘zolarining ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi, 30 balldan kam to‘plagan nomzod suhbatdan o‘tmagan hisoblanadi”.