Gender tenglik

Kadrlar yo‘nalishiga oid 2025–yil 1-iyul holatiga

MA’LUMOT

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi tashkiliy tuzilmasi 57 ta bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularda turli konfessiyalarga mansub 27 millat va elatlar vakillari mehnat qilib kelmoqda.

Jamg‘arma bo‘linmalari Respublikamizning beshta viloyati Navoiy, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida joylashgan.

2025-yil 31-dekabr holatida Jamg‘arma xodimlarining umumiy soni
7980 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan:

Toifalar bo‘yicha Xodimlar soni Umumiy sondan foiz ko‘rsatgichi
Rahbar xodimlar 621 7,8%
Mutaxassis xodimlar 2677 33.6%
Xizmatchi xodimlar 135 1,7%
Ishchi xodimlar 4547 56,9%
Yuqori malakali ishchilar 738 9,2%
Jamg‘arma bo‘linmalarida ayollar 5410 67,8%
Bola parvarishi ta’tilida 325

 

Jamg‘arma bo‘linmalarida quyidagi faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha:

Tibbiyot va sog‘lomlashtirish sohasida 3469 nafar (43.5%)

Sport va madaniyat sohasida 694 nafar (8,7%)

Ovqatlanishni tashkil qilish sohasida 1123 nafar (14,1%)

Ishlab chiqarish sohasida 487 nafar (6.1%) va boshqa sohalarda
2207 nafar (27,6%) xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Jamg‘arma bo‘linmalarida 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar 615 nafarni (7.7%), 30 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar 2005 nafarni (25.1%), tashkil etadi. Jamg‘arma xodimlarining bugungi kundagi o‘rtacha yoshi 44 yosh.