Faoliyatimizning maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi mehnat jamoalari, ularning oila a’zolari va pensionerlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentlari va soliq rezidentlari bo‘lmagan shaxslarning ijtimoiy-madaniy, davolash, sport-sog‘lomlashtirish, uy-joy, xo‘jalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish hamda xizmatlarni to‘liq, o‘z vaqtida bajarish asosiy maqsad hisoblanadi.
Quyidagilar “NKMK jamg‘armasi” DM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
- ijtimoiy-madaniy, davolash, sport-sog‘lomlashtirish, uy-joy va maishiy xo‘jalik binolari hamda boshqa infratuzilma ob’yektlarini texnik soz, sanitariya va yong‘inga qarshi qoidalariga javob beradigan holatda saqlash hamda ulardan foydalanish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;
- kasalliklarning oldini olish, davolash, sog‘lomlashtirish, sanatoriya-kurortda davolash va turistik faoliyatini tashkil qilish;
- madaniy-ko‘ngilochar, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlarni o‘tkazish, bolalar ijodiyotini rivojlantirish, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- bolalar va yoshlar hamda boshqa fuqarolar o‘rtasida turli xil havaskor ijodkorlik tadbirlarini tashkil etish va ijro mahoratini rivojlantirish;
- ommaviy-madaniy tadbirlar, konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, tanlovlar, viktorinalar, spektakllar, bolalar uchun tomoshalar, ommaviy bayram va festivallarni tashkil etish va o‘tkazish;
- faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish;
- umumxalq, milliy va kasbiy bayramlarga, muhim sanalarga bag‘ishlangan musobaqalar va boshqa sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;
- kommunal xizmatlar ko‘rsatish (ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, drenaj, oqava va sug‘orish suvi ta’minoti);
- yotoqxonalarda qulay yashash sharoitlarini yaratish va uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- oziq-ovqat xavfsizligi va sifat nazorati ta’minlagan holda to‘liq sikldan iborat umumiy ovqatlanish, oshxonalar va kafelarni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish;
- tibbiy va farmatsevtika faoliyatini tashkil etish;
- noshirlik va matbaa faoliyatini tashkil etish;
- iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va ularni sotish;
- ulgurji va chakana savdo hamda savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
- bolalar, o‘smirlar va yoshlar oromgohlari, dam olish va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlarini tashkil;
- yuqori ko‘rsatgichlarga erishadigan sport turlarining rivojlanishiga ko‘maklashish;
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar olib kirish, tashish, saqlash, sotish, tibbiy extiyojlar uchun foydalanish va yo‘k qilish faoliyatini tashkil etish;
- kapital qurilish va ta’mirlash;
- avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro tashish;
- telekommunikatsiyalarning mahalliy, shaharlararo va xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularga xizmatlar ko‘rsatish;
- ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularga xizmatlar ko‘rsatish;
- “NKMK jamg‘armasi” DM o‘z mablag‘lari hisobidan ishchi-xodimlarini, shuningdek, jismoniy hamda yuridik shaxslari mablag‘lari hisobidan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini shartnoma asosida amalga oshirishdan iborat.
- Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshiradi.