«So‘g‘diyona»da «Balli yigitlar» ommaviy sport musobaqasi o‘tkazildi

«Vatan himoyachilari kuni» va 2024-yil — «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan «So‘g‘diyona» jismoniy tarbiya va sport majmuasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida  «Balli yigitlar» ommaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 2006-2008-yillarda tug‘ilgan 60 nafar sportchi yoshlar ishtirok etdi.

7 shartdan iborat bellashuvlardan keyin Yunon-rum kurashi bo‘limi sportchilari barcha jamoalardan ustunlik qilib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Gandbolchi o‘smirlar faxrli 2- o‘rinni egallashdi. Milliy kurash bo‘limi shug‘ullanuvchilari bronza medallari sohibi bo‘lishdi.