«So’zni jahon bahrida durdona bil»

«NKMK jamg’armasi» DM tasarrufidagi «Farhod» madaniyat saroyi kutubxonasining o’quv zali kitobxonachisi Muqaddas Aslonova tomonidan Navoiy shahridagi 16-maktabning 10-sinf o’qituvchilari uchun Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan «So’zni jahon bahrida durdona bil» mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tlazildi.

Tadbirda mutafakkirimiz hayoti va ijodi to’g’risida tayyorlangan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishi namoyish qilindi. Kitob ko’rgazmasi orqali qiziqarli ma’lumotlar berildi. «Hamsa» asarining ketma-ketligi bo’yicha joylash, dostonlarning nomlanishidagi ma’nolar yuzasidan bahs-munoza o’tkazildi. O’quvchilar tomonidan g’azallar aytildi.

Kutubxona faoliyati to’g’risida ma’lumotlar berilib, ziyo maskani bo‘ylab sayohat tashkil etildi.