“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi tasarrufidagi sanatoriy-profilaktoriy va pansionatlar yurtimizning turfa mintaqasida joylashgani bilan alohida ajralib turadi. Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “NKMK” sanatoriysi va Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Chorvoq” suv ombori bo‘yidagi “Gornyak” pansionati sizga tog‘ yon-bag‘rlarida toza tog‘ havosidan bahra olib, go‘zal tabiat qo‘ynida dam olish imkonini bersa, voha bag‘ridagi “Nurobod”, “Metallurg”, “Konchi” sanatoriylarida sog‘lig‘ingizni tiklab, dasht va cho‘l tabiatining o‘ziga xosligidan hamda shifobaxsh manbalaridan bahra olasiz.
“Gornyak pansionati”
“Chorvoq” suv havzasining bo‘yida, Toshkent viloyatining go‘zal tog‘li hududi hisoblanadigan Yusufxonada ko‘p sonli o‘zbekistonliklar orasida allaqachon mashhur bo‘lgan sport-sog‘lomlashtirishmajmuasi – kurort maskani mavjud.
“Gornyak pansionati” poytaxtdan 100 km uzoqlikda, Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Bu yerga kelganingizda yashil ekinzorlar, archa va qarag‘aylarning ko‘pligi sizni hayratga soladi, qishda ichki hovli haqiqiy qish ertagiga o‘xshaydi, bahorda esa butun kurort hududi gullar vodiysiga aylanadi. Toza tog‘ havosi va betakror tabiat ushbu muassasadagi davolash dasturlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
2002-yilda ochilgan va4 gektar yerni egallagan “Gornyak pansionati” yildan-yilga o‘z imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda sanatoriyda 103 ta turli darajadagi xonalar dam oluvchilar uchun eng zamonaviy va shinam uslubda tayyorlab qo‘yilgan. Bir vaqtning o‘zida 173 nafar mehmonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan majmua yiliga ……. tagacha bo‘lgan salomatligini tiklamoqchi bo‘lganlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
2020-yilning martidan 2023-yilning iyunigacha bo‘lgan davrda “Gornyak pansionati” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda “Gornyakpansionati” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi NKMK, “Navoiyuran” va “NKMK jamg‘armasi” xodimlari va ularning oila-a’zolarining hordiq chiqarishi uchun zamonaviy, barcha qulayliklarga ega holatga keltirildi.
Dam oluvchilarning to‘g‘ri dam olishi va salomatligini mustahkamlash maqsadida pansionatda madaniy, sport, ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiyalar o‘tkaziladi. Ta’tilingiz yanada maroqli va rang-barang o‘tishi uchun pansionat jamoasi muntazam ravishda Chimyon, Beldersoy va Chorvoq suv omborining tog‘li hududlariga sayohatlar uyushtiradi.
Pansionatning 2007-yilda ishga tushirilgan sport-sog‘lomlashtirish majmuasidagi sport vatrenajor zali, kattalar va bolalar uchun mo‘ljallangan qishki suzish havzalarida tajribali murabbiylar ko‘rsatmasi bilan maxsus shug‘ullanishingiz, shuningdek, sauna va gidromassaj seanslarida o‘z tanangizni chiniqtirishingiz mumkin.
Bu yerda narxlar tanlangan xonaga qarab o‘zgaradi. Umumiy xarajatlar o‘z ichiga kuniga uch marta ovqatlanish va turar joyni oladi.
“NKMK” sanatoriysi
“NKMK” sanatoriysi Zomin tumanining eng soʻlim goʻshalaridan birida, Turkiston togʻ tizmasining Shimoliy yon bagʻirlarida, dengiz sathidan1960 metr balandlikda, qoʻriqxona hududida joylashgan togʻ-iqlim kurortidir.
Siz bu yerda togʻ landshafti, toza havo, quyosh nurlariga moʻl, yuqori ultrabinafsha nurlanishli, tabiiy daraxt va oʻsimliklardan tarqaladigan iforlar bilan o‘zingiz yoki yaqinlaringizda mavjud bo‘lgan yuqori nafas yoʻllari, asab tizimi,allergik va surunkali kasalliklardan keyingi reabilitatsiya davrida togʻ-iqlim va klimatoterapiya tartiblarini amalga oshirishingiz mumkin.
“NKMK” sanatoriysi eng zamonaviy tibbiy-diagnostikaasbob-uskunalari bilan jihozlangan yevrostildagi sanatoriy majmuasidir.Asosiy terapevtik omil – togʻ iqlimidir.
Sanatoriyda silga aloqasi boʻlmagan nafas olish tizimi kasalliklari – allergik bronxit, bronxial astma, asab tizimi – funksional kasalliklarini umumiy sogʻlomlashtirish nazarda tutilgan.Tibbiy ko‘rik natijasida fizioterapiya, terrenkur, uqalab davolash, galokamera, fitoterapiya, kislorod kokteyli, kislorodli ingalyatsiya va aerozolli dorivor ingalyatsiya kabi davolash usullari qoʻllaniladi.
Maxsus ma’lumotga ega boʻlgan mutaxassis tomonidan ob-havo oʻzgarishiga qarab davolash – jismoniy tarbiya zalida yoki ochiq havoda belgilangan joyda ertalabki badantarbiya mashqlari va kasalliklar turlariga qarab guruhlar boʻyicha meyorlashtirilgan mashgʻulotlar oʻtkazib boriladi.
Dam olish maskani 8 gektar maydonni qamrab olgan. Sanatoriy hududi koʻkalamlashtirilgan va 5000 dan ortiq ekzotik daraxt va gullar bilan boyitilgan.
Sanatoriy bir vaqtning oʻzida 150 nafar dam oluvchilarni qabul qilish imkoniyatiga ega.Majmuada asosiy turar-joy binosi, davolash binosi, tanho kottejlar, mashinalar toʻxtash joyi, Amfiteatr, sport-sogʻlomlashtirish maydonchasi, bolalar maydonchasi, suhbat qurish ayvonlari joylashgan.
Asosiy binoda qabulxona, oshxona, yotoqxonalar, muolojalar boʻlimi, kutubxona, madaniyat saroyi, texnik xizmat koʻrsatish xonalari joylashgan. Asosiy turar-joy ikkinchi qavatdan oltinchi qavatgacha standart va hashamatli xonalardan iborat. Har bir yotoqxona televizor, kompyuter, sovutgich, ichki telefon va boshqa zarur jihozlar bilan qamrab olingan.Sanatoriyda internet aloqasi uzluksiz ishlab turadi.
“NKMK” sanatoriysi maskanida 120 nafar ishchi-xodim xizmat koʻrsatib kelmoqda.Ularning asosiy vazifasi dam olish maskanini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozaligini ta’minlash hamda xonalarda dam oluvchilar uchun sogʻlom muhitni yaratishdan iborat.
“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi
“NKMK” mehnat jamoasini reabilitatsiya qilish, sanatoriyda davolash uchun moʻljallangan sanatoriy turidagi davolash profilaktika muassasasi hisoblanadi.
“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi jamoasining asosiy e’tibori NKMK mehnat jamoasi a’zolarining sogʻligini yaxshilash, ishchilarning mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasalliklarni oldini olish, sogʻlom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasalliklarni kamaytirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgandir.
“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi Karmana tumani “Talqoq” mahallasida joylashgan.1972-yilda oʻz faoliyatini boshlagan maskan doimiy ravishda tibbiy uskunalarini zamonaviylariga boyitib kelmoqda.
Sihatgoh 200 oʻringa moslashganbo‘lib, har bir davolash kursi 14 kundan iborat. Yil davomida 23 marta qabul amalga oshirilib, 4600 nafardan ortiq dam oluvchilar sogʻlomlashtiriladi.
“Metallurg” sanatoriy-profilaktoriyasida:
– yurak-qon tomir tizimi;
– asab tizimi;
– tayanch-harakat tizimi kasalliklari;
– ovqat hazm qilish tizimi;
– nafas olish tizimi;
– siydik yoʻllari;
– endokrin kasalliklar davolanadi.
Sanatoriy-profilaktoriy hududiga kirib borar ekansiz toʻrt qavvatli yotoqxona binosi, bir qavvatli shinam kottejlar, suzish havzasi va kichik hovuzli fin saunasini oʻz ichiga olgan sport-dam olish majmuasi, futbol maydonlari boʻlgan sport maydonchasi, voleybol, basketbol, badminton oʻynash uchun maydonlarga ko‘zingiz tushadi.
Yotoqxonangizdan davolash binosi va basseynga iliq oʻtish yoʻllari orqali borishingiz mumkin. Xuddi shunday, xonangizdan uzoq boʻlmagan joyda ovqatlanish binosi ham mavjud. Dam olish xonalari bir va ikki kishilik boʻlib, xonalarda maroqli dam olish va sogʻlig‘ingizni yaxshilash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir xonada zamonaviy yumshoq mebellar, televizor, muzlatgich va split-sistemalik kondisionerlar bilan jihozlangan. Xona ichida yuvinish xonasi va lodjiya mavjud.
Sogʻlomlashtirish dasturi balneoterapiya, balchiq terapiyasi, fizioterapiya, giyohlar bilan davolash, yoʻgʻon ichakni yuvish, sun’iy tuz bilan davolash gʻori, fizioterapiya mashqlari va davolash massajlardan iborat.
Elektron boshqaruv bilan umurtqa pogʻonasini vertikal va gorizontal suv ostida tortish uchun avtomatik tortish, shuningdek, umurtqani quruq tortish tizimlari ham mavjud.
Balneoterapiya balneologik choʻmilish uchun maxsus jihozlangan vannalarda, “Sharko” dushini oʻz ichiga olgan dush xonasida dumaloq, tushayotgan va koʻtarilgan dushlarda turli xil gidroterapiya muolaja ishlari bilan ifodalanadi.
Kompleks davolashda va tibbiy reabilitasiya tizimida Jizzax mintaqasining terapevtik joyi balchigʻidan foydalangan holda balchiq terapiyasini, kerosin va ozokeritdan foydalangan holda issiqlik terapiyasidan foydalaniladi.
Nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimlari, endokrin va markaziy asab tizimlarini davolash va oldini olish uchun speleoterapiya xonasi – tuz gʻorlarida davo topishingizga ishonamiz.
Dam oluvchilarni reabilitasiya qilish va tayanch-harakat tizimi, yurak-qon tomir, nafas olish tizimlari kasalliklarining oldini olish, holatning buzilishi va boshqalarni oldini olish maqsadida “Metallurg” sihatgohida tibbiy simulyatorlar – quvvat simulyatorlari, yugurish yoʻlakchalari, sport velosipedlari boʻlgan sport zali salomatligingizni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Sizda bo‘sh vaqt bo‘lishi amrimahol, lekin boʻsh vaqt topsangiz siz uchun adabiyotlar bilan jihozlangan kutubxona, futbol, voleybol oʻynash uchun sport maydonchasi, Navoiy viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohat dasturi kutib turibdi.
Eng asosiysi, “Metallurg” sanatoriy-profilaktoriysi sport majmuasida boshqa sihatgoglarda mavjud bo‘lmagan 8 yoʻlakdan iborat 50 metrlik suzish havzasi o‘zingizni yengil va sog‘lom his etishingizga imkon beradi.
“Nurobod” balneologik sanatoriy-profilaktoriysi
Samarqand viloyatining Nurobod shahri yaqinida joylashgan “Nurobod”balneologik sanatoriy-profilaktoriysi shifobaxsh suv bilan davolashda o‘z uslubi va tajribasiga ega sihatgohlarning eng a’losi hisoblanadi.50 o‘ringa ega dam olish maskanida har yili 1150 nafar dam oluvchi o‘z salomatligini tiklaydi.
“Nurobod” balneologik sanatoriy-profilaktoriysida 2016-yil 30-avgustda birinchi mijozlarini qabul qilgan edi. O‘tgan vaqt davomida sihatgoh bug‘imlar yallig‘lanishi kasalliklari, revmatoid artrit, artroza-artritda tuz yig‘ilishi, bo‘yin va bel osteoxondrozi, umurtqa disklari grijasi zararlanishlari, siydik yo‘li tizim kasalliklari, bronxopulmoner patologiya bilan og‘rigan bemorlar dam olib, davolanib kelishmoqda.
Xonalarning shinamligi, tibbiy muolajalarningilmiy asosda tashkil etilganligi, xizmat ko‘rsatish sifati, shifobaxsh radon suvi “Nurobod” balneologik sanatoriy-profilaktoriysini “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasining eng sara sog‘lomlashtirish oromgohlaridan biriga aylantiradi.
Sihatgoh hududi dashtli tabiatning doimiy yashilmakoniga aylantirilgan. Profilaktoriya 3 qavatli binoda dam oluvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Binoning birinchi qavatida tibbiy muolajalarni olasiz.Har kuni 3 mahal maxsus ratsion asosida, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomnoma sizning salomatligingizni tiklashda xizmat qilishi shubhasiz.Dam oluvchilar uchun tibbiy bino va oshxonaning bino ichida joylashgani juda ham qulay.
“Nurobod” balneologik sanatoriy-profilaktoriysida dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatishmalakali tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.Har bir dam oluvchining salomatligini yaxshilash uchun zamonaviy tibbiy uskunalar qo‘llaniladi.
Asosiy terapevtik-terminal 37-430 Cli radon xlorid-sulfat, kuchsiz mineralizasiyali natriy suvi (1.2 ul) hisoblanadi.Mutaxassislar bu suvning mashhur Sxaltubo kurortining suviga o‘xshashligini aniqlashgan. Bu suv tayanch-harakat organlari kasalliklari, yurak-qon tomir va asab tizimi; teri; ginekologik; oshqozon-ichak, endokrin kasalliklarini davolash vannalar shaklida davolash uchun tavsiya etiladi.
Suv bilan davolash eng ko‘p usulda qo‘llaniladigan sihatgoh aynan “Nurobod” balneologik sanatoriy-profilaktoriysi hisoblanadi. Sizni bu yerda sirkulyar dush, sharko dush, gidromassaj-zamonaviy dizayndagi zamonaviy vannalar ko‘rinishida davolashadi.
Shuningdek, Italiyaning zamonaviy portativ, foydalanish uchun qulay bo‘lgan eng so‘nggi fizioterapiya uskunalarida elektroterapiya, lazeroterapiya, ultratovush davolash, magnitoterapiya davo usullari qo‘llanadi.
Mazkur davo usullari periferik asab tizimi, bo‘g‘imlar, turli xil og‘riqlarni og‘riqsizlantirishga yordam beradi. Immunitetingizni ko‘tarib, to‘qimalaringizning yangilanishini yaxshilaydi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ozokerit va parafin bilan davolash ham xuddi shunday zamonaviy tibbiy uskunalar bilan amalga oshiriladi.Oshqozon-ichak trakti kasalliklari uchun ichakni yuvish orqali davolash Germaniyadan keltirilgan zamonaviy jihoz orqali amalga oshiriladi.Qo‘l massaji, jismoniy tarbiya orqali, damlamalar yordamida va tuzli g‘or yordamida davolash usullaridan ham o‘zingizni yengil his etishingizga sabab bo‘ladi.
Sihatgoh kutubxona, jismoniy tarbiya, bilyard xonalari doimiy ravishda boyitib boriladi.Stol tennis, shaxmat, shashka kabi sport o‘yinlarida tashkil etiladigan musobaqalarda ham qatnashib, o‘zingizni rivojlantirib borasiz. Musiqiy dam olishkechalari esa madaniy hordiq chiqarishingiz uchun eng chiroyli dasturlarni taqdim etadi.
“Nurobod” balneologik sanatoriy-profilaktoriysida o‘tkazgan hech bir kuningiz behuda o‘tmaydi. Eng asosiysi, siz bu maskanni sog‘lom tan, yuqori kayfiyat bilan tark etishingizni kafolatlaymiz.
“Konchi” sanatoriy-profilaktoriysi
Qizilqum bag‘rida yagona bo‘lgan sanatoriy haqida hamma ham bilmaydi. Lekin ana shu Qizilqum gavhari bo‘lgan Uchquduqda inson qo‘li bilan bunyod bo‘lgan yana bir maskan borki, u yerda oltintoparlar salomatligi asosiy o‘ringa qo‘yiladi.
“Konchi” sanatoriy-profilaktoriysi Shimoliy kon boshqarmasi, “Navoiyuran” va Jamg‘armaning “Uchquduq” hududiy boshqarmasi ishchilari va pensionerlarini sogʻlomlashtirishmoʻljallangan sanatoriy tipidagi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
1968-yilda foydalanishga topshirilgan sihatgoh o‘tgan vaqt davomida mehnatkashlar salomatligini mustahkamlash, ular orasidasog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, kasalliklarning oldini olishga xizmat qilib kelmoqda.
“Konchi” sanatoriy- profilaktoriyasi bir mavsum davomida 90 kishini qabul qilib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan, zamonaviy tibbiy jihozlar yordamida davolashni amalga oshiradi. Har bir mavsum 14 kundan iborat boʻlib, yil davomida 23 mavsumda 2 mingdan ortiq mehnatkash va ularning oila a’zolariga xizmat ko‘rsatadi.
“Konchi” sanatoriysiga kirib borar ekansiz, sizni favvoralar qarshi oladi.To‘rt qavtli muhtasham bino sizga xotirjamlik bag‘ishlaydi.Sogʻlomlashtirish yoʻlaklari bilan jihozlangan istirohat bogʻi hududi sizni cho‘l bag‘rida ekaningizni unuttiradi. Daraxtzor va ko‘kalamlashtirilgan maydonlar, sun’iy sharsharali favvora va alp slaydlari bilan ko‘plab chiroyli gulzorlar paydo bo‘lishi sizning hayratingizga hayrat qo‘shaveradi.
Sihatgohda davolash, profilaktika va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish uchun fizioterapevtik baza mavjud. Fizioterapiya xonalari xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eng yangi uskunalari bilan jihozlangan. Ultratovush terapiyasi, lazer terapiyasi, elektromassaj, darsanvalizatsiya, solluks, magnitoterapiya, elektroforez, gidromassaj, marvarid vannalari, parafin terapiyasi, zarba to‘lqinlari terapiyasi, qisqa to‘lqin terapiyasi, pressoterapiya, tortish terapiyasi va boshqalar uchun eng zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalaniladi.
Har bir dam oluvchi kislorod kokteylini tatib ko‘rishi va dorivor giyohlar qaynatmasini ichishi mumkin bo‘lgan o‘simlik bari mavjud.
Mazkur sihatgohning yana bir o‘ziga xos jihati davolash muolajalari ishdan uzilishlarsiz amalga oshirilishidadir. Siz kun davomida ishlab, ish kuningiz yakunida sanatoriyga kelib, davo muolajalarini olishingiz mumkin.
Zarur hollarda dam oluvchilarga shoshilinch va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 24 soatlik davolash xonasi ham tashkil etilgan.
Ovqatlar shinam oshxonada taqdim etiladi. Haftada bir marta “Milliy taomlar kuni” o‘tkaziladi. Unda turli millatlarning taomlari namoyish etiladi.Surunkali kasalliklarga chalingan dam oluvchilar uchun parhez taomlar tayyorlanadi.
“Konchi” sanatoriy-profilaktoriysi o‘zining kitob fondiga ega kutubxonaga ega, shuningdek, “Uchquduq” madaniyat saroyi kutubxonasi bilan ham aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda turli janrdagi eng ko‘p o‘qiladigan asarlar tanlab olinadi. Ushbu kitoblar vaqti-vaqti bilan o‘zgartiriladi va yangilanadi. Kutubxona kitob nashrlaridan tashqari davriy nashrlarni ham oladi.
Kutubxonada adabiy, musiqiy va mavzuli kechalar tashkil etiladi.
“Uchquduq” madaniyat saroyi ijodkorlari ishtirokidagi ko‘ngilocharkechalar dam oluvchilar va “Konchi” sihatgohi jamoasi o‘rtasida sevimli va mashhur. Bunday kechalar bilan bir qatorda shashka, shaxmat, stoltennis o‘yinlari, futbol bo‘yicha turnirlar o‘tkaziladi. Haftada bir marta “Milliy taomlar kuni”, bir marta “Tug‘ilgan kun” deb e’lon qilinadi.
Davo muolajalari bo‘lmaydigan dam olish kunlari dam oluvchilar Uchquduqning muqaddas qadamjolariga sayohatlari tashkil etiladi.
“Konchi” sanatoriy-profilaktoriyasining asosiy kuchi dam oluvchilar sog‘lig‘ini yaxshilashni istagan, har bir kishini iliq kutib olishga doimo tayyor bo‘lgan do‘stona, ahil jamoasidir!