NAVOIYDA GANDBOLCHILAR BAHSLARNI BOSHLASHDI

Navoiy shahrida «NKMK jamg‘armasi» tasarrufidagi «So‘g‘diyona» jismoniy tarbiya va sport majmuasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, yoshlar birinchiligi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Gandbol Federatsiyasi mas’ullari, «NKMK» AJ vakillari va NKMK xodimlari kasaba uyushma Kengashi raisi I.Raxmatov, «NKMK jamg‘armasi» DM direktori D.Ochilov ishtirok etdi.

U-20 yoshlar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 1-davrasi start oldi.

🤾‍♂️ Yoshlar birinchiligida 8 ta jamoa maydonda kuch sinashadi:

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax viloyatlari, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ResOPSTTM), Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (SamOPSTTM) jamoalari.

🤾‍♀️ Qizlar birinchiligida 12 ta jamoa 2 ta guruhda bahslarga kirishadi.

🏐A-guruhida: Xorazm, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ResOPSTTM) va O‘zbekiston U-18 qizlar terma jamoalari.

🏐V-guruhida: Qoraqalpog‘iston respublikasi, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari jamoalari.

1-davra bahslari 29-mart kuni yakunlanadi.

«NKMK jamg‘armasi» DM Axborot xizmati.