26-noyabr – 1-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston Olimpiya shaharchasining suzish havzasida Prezident Olimpiadasi musobaqalari doirasida U-15, U-17 va kattalar o‘rtasida suzish bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada “Sug‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasi huzuridagi “Oltin suv” suzish markazi suzuvchilari yuksak natijalarga erishdi.
Jamoamiz tarkibidan 10 nafar sportchi qatnashib, quyidagi natijalarni qayd etdi:

🏊♂️Odilov Olimjon – 🥇 1 ta oltin, 🥉 1 ta bronza;
🏊♀️Odilova Sitora – 🥈 3 ta kumush, 🥉 1 ta bronza;
🏊Suyunboev Murod – 🥈 3 ta kumush, 🥉 2 ta bronza;
🏊Romanov Evgeniy – 🥈 1 ta kumush;
🏊♂️Zakirov Ramil – 🥉 1 ta bronza;
🏊♂️ Bahriddinov Shohruz – 🥈 3 ta kumush, 🥉 3 ta bronza
🏊♀️Nurmuradova Alina – 🥈 2 ta kumush.
“NKMK jamg‘armasi” sportchilari O‘zbekiston Kubogida o‘z mahoratini namoyish etib, musobaqani muvaffaqiyatli yakunladilar.
Prezident Olimpiadasi doirasidagi O‘zbekiston Kubogida jamoamiz sportchilari
🔸 1 ta oltin;
🔹14 ta kumush;
🔸9 ta bronza medal bilan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Mazkur natijalar “NKMK jamg‘armasi” suzuvchilarining musobaqaga puxta tayyorgarligi va jamoaning kuchli salohiyatidan dalolat beradi.
«NKMK jamg‘armasi» DM Axborot xizmati.
