Navoiy shahridagi Tibbiy-sanitariya bo‘limida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi ma’muriyati homiyligida tibbiyot amaliyotiga zamonaviy va samarali usullarni joriy etish maqsadida muhim ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi.

Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘i Alisher Tuksanov tashabbusi bilan, “Medical Online Services” MChJ tomonidan Moskva shahri V.M. Buyanov nomidagi klinik shifoxona endoskopisti Yevgeniy Yevgenevich Kudryavskiy ishtirokida “Kichik invaziv gastrostomiya texnologiyasi” mavzusida seminar va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

