“MASH’AL” OROMGOHI FAOLIYAT BOSHLADI: DAM OLISH VA MEHNAT UYG‘UNLASHGAN MASKAN

Navoiy shahridagi «So‘g‘diyona» sport saroyida “Mash’al” dam olish va mehnat oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur oromgohga 15–17 yoshdagi o‘smirlar qabul qilinmoqda. U o‘zining yangicha yondashuvi bilan an’anaviy, shahar tashqarisida joylashgan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlaridan tubdan farq qiladi.

Oromgoh faoliyati kunlik tartib asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishtirokchilar har kuni ertalab soat 08:00 da kelib, soat 17:00 ga qadar belgilangan dastur asosida vaqtlarini mazmunli o‘tkazadilar.

🟢 E’tiborlisi, “Mash’al” oromgohining asosiy jihati — bu yerda o‘smirlar nafaqat hordiq chiqaradi, balki mehnat faoliyatida ham ishtirok etadi. Eng muhim tomoni shundaki, ular amalga oshirgan mehnati evaziga oromgoh yakunida ma’lum miqdorda ish haqi bilan rag‘batlantiriladi.